Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

"Nyukasl" - "Arsenal" o‘yinida nima bo‘ldi? VAR bitta epizodda 3 xil qoida buzilishini tekshirib, yakunda golni hisobladi!

"Nyukasl" - "Arsenal" o‘yinida nima bo‘ldi? VAR bitta epizodda 3 xil qoida buzilishini tekshirib, yakunda golni hisobladi!

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 11-turida “Nyukasl” o‘z maydonida “Arsenal”ni mag‘lub etdi.
"Qarg‘alar"ning o‘yindagi yagona goli 64-daqiqada, Entoni Gordon tomonidan Joelintonning boshi bilan uzatgan uzatmasidan so‘ng kiritildi.

Ajablanarlisi shundaki, bosh hakam Styuart Atvellning videoyordamchilari gol urilgan vaziyatda birdaniga uchta qoida buzilishini tekshirib ko‘rishdi. Avvaliga Uillok to‘pni maydon tashqarisida to‘xtatib olgan, deb gumon qilindi:

Bu savolga javob topilgach navbatdagi masala ko‘ndalang tashlandi, Joelinton to‘p uchun kurashda Gabriel Magalyansni itarib yuborganmidi? Bu orqadan itarib yuborishga juda o‘xshardi, ammo VAR jamoasi hech qanday qoidabuzarlik yo‘q deb hisobladi.

Nihoyat, hujumning so‘nggi bosqichi ham ofsayd uchun tekshirildi. Shundan so‘ng "Sent-Jeyms Park"ga yig‘ilgan muxlislar yengil nafas oldi: 1:0, gol hisoblandi!

Natijada, qolgan vaqtlarda “Arsenal” hisobni tenglashtira olmadi va bu mavsumda Premyer-ligadagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. "Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta o‘yindan so‘ng jiddiy jahli chiqdi: ispaniyalik mutaxassis hakamlar Gordonning golini hisoblaganiga ishonolmadi.

"Agar bugun maydonda g‘alaba qozonishni istagan jamoa bo‘lsa, bu "Arsenal" edi. Bu [hakamlik] bilan Premyer-ligada ishlar yaxshi davom etmaydi. Men bu ishda ishtirok etishdan uyalaman. Bu golni inobatga olingani juda sharmandalik”, dedi Arteta.

Kiritildi: 15:53, 05.11.2023.
O'qildi: 2675 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик