Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Ilhom Abdug‘aniyev: «Xebay Superliga to‘purari bo‘lishi uchun yordam beramiz»

Ilhom Abdug‘aniyev: «Xebay Superliga to‘purari bo‘lishi uchun yordam beramiz»

Baho:
+ | -

Ma’lumki, “Qizilqum”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin “Andijon” jamoasi uchun omadsiz o‘tdi va tabiiyki, bunday natijani hech kim kutmagandi. Ushbu bellashuvda “Burgutlar” sharafini himoya qilgan iqtidorli yarim himoyachi Ilhom Abdug‘aniyev bu borada quyidagicha fikr bildirdi:

“To‘g‘ri aytasiz, “Qizilqum”ga qarshi jamoamizga omad va o‘zimizga bo‘lgan ishonch yetishmadi, deb o‘ylayman. Ha, ko‘pchilik kutmagan natija bo‘ldi. Albatta, biz oldindan uchrashuv og‘ir bo‘lishini bilgandik. Afsuski, murabbiylarimizning ko‘rsatmalarini bajarishda ko‘plab xatoliklarga yo‘l qo‘ydik.  Bundan to‘g‘ri xulosalar chiqaramiz".

Chempionat yakuniga ikkita tur qoldi. Oldinda "Andijon"ni safarda "Turon" va o‘z uyida "Buxoro"ga qarshi bahslar kutmoqda. Ikkala o‘yinni 100 foizli natija bilan yakunlash asosiy masala, deyish mumkin. 10-raqam egasi Abdug‘aniyev chempionat yakunidagi bo‘lajak uchrashuvlar oldidan ham o‘z qarashlarini ifoda etdi.

“Ha, chempionat tugashiga 2 tur qoldi. Jamoamizni oldinda yana ikkita qiyin o‘yin kutyapti. “Turon” hamda “Buxoro” klublari ham bo‘lajak uchrashuvlarda borlarini berib o‘ynaydilar. Ularning maqsadi Superligada qolish. Lekin bizning ham maqsadimiz bu yilgi mavsumni chiroyli va yuqori notada tugatish. Albatta, oxirgi ikkita o‘yinda g‘alaba qozonib muxlislarimizni quvontirish va ularning qarshisida yuzimiz yorug‘ holatda tugatishni istaymiz”.

Mavsum oxirlab qolganini inobatga olsak, jamoada charchoq alomati sezilmayaptimi? Chunki bunday pallada futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi asosiy o‘ringa chiqadi...

“Albatta, mavsum oxirida nafaqat bizda, balki boshqa jamoalarda ham charchoq seziladi. Lekin o‘yindan-o‘yingacha to‘g‘ri tayyorlanib, to‘g‘ri tiklanish ishlari olib borilyapti. “Qizilqum” bizdan ko‘ra ko‘proq dam oldi. Balki shuning uchun shunday holat sezilgan bo‘lishi mumkin. Ammo bizda charchoqdan ko‘ra, o‘zimizga bo‘lgan ishonch yetishmadi. Biroq oxirgi uchrashuvlarda bunday bo‘lmaydi va biz albatta ishqibozlarimizni xursand qila olamiz”, - deydi Ilhom.   

Yana bir gap: “Andijon” jamoasining muhim figuralaridan biri Rubin Xebay 12 ta gol bilan to‘purarlar orasida peshqadamlardan biri. Rubin yakunda to‘purarlikni o‘ziniki qila oladimi? Abdug‘aniyevning munosabati shunday bo‘ldi:

“Rubin Xebay hozirda 12 ta gol bilan Superliga to‘purari bo‘lishga asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Yakunda ham shunday bo‘ladi, deb o‘ylayman, Xudo xohlasa. Bunga Xebayni bir o‘zi emas, biz ham, barchamiz qo‘limizdan kelganicha yordam beramiz”, - deya fikr bildirdi, Ilhom Abdug‘aniyev.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 21:00, 05.11.2023.
O'qildi: 1245 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.