"Inter" va "Yuventus" A Seriya jadvalida "Milan"dan oldinga o‘tib olishdi.
"Yuventus" A Seriyaning 11-turida "Fiorentina"ni mag‘lub etdi (1:0). Kecha "Inter" "Atalanta" ustidan g‘alaba qozongandi (2:1).
“Inter” 28 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Yuventus" 26 ochko bilan ikkinchi o‘rinda.
“Milan” turinliklardan 4 ochko ortda qolmoqda. Kuchli to‘rtlikni “Napoli” (21) yakunlab turibdi.
Keyingi o‘rinlarda “Atalanta” (19), “Bolonya” (18), “Roma” (17) va “Fiorentina” (17) joy olgan.