Mashhur italiyalik jurnalist Massimo Franki «Atalanta» yarim himoyachisi Aleksey Miranchukning istiqbollari haqida gapirdi.
Avvalroq, 28 yoshli futbolchi qishda «Lokomotiv» tomonidan ijaraga olinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
«Italiyada Miranchuk haqida kam gapiriladi. Tez orada u o‘ynashni boshlamasa, u haqida butunlay unutishadi.
Nahotki, Miranchuk shu qishda Yevropa klublaridan biriga ijaraga beriladi? Rostini aytsam, bu qishda Miranchukni ijaraga oladigan jamoa bo‘ladimi, bilmayman», - deya Frankidan iqtibos keltiradi RB Sport.