«Tottenxem» bosh murabbiyi Ange Postekoglu jamoa yarim himoyachisi Jeyms Meddisonning jarohati haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Meddison Angliya chempionatining 11-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Chelsi»ga qarshi o‘yinda (1:4) jarohat olgan edi. Jarohat kutilganidan jiddiy bo‘lib chiqdi. 26 yoshli futbolchi yanvar oyiga qadar safdan chiqdi.
«Jeymsnign to‘pig‘idagi jarohat jiddiy bo‘lib chiqdi. U kamida Yangi yilga qadar maydonga tusha olmaydi», — dedi Postekoglu.
Meddison APLning joriy mavsumida 11 o‘yinda maydonga tushib, 3 gol va 5 assist muallifiga aylandi.