Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Timur Kapadze: «Buxoro» Superligada yuqori o‘rinlarda yurishga haqli jamoa»

Timur Kapadze: «Buxoro» Superligada yuqori o‘rinlarda yurishga haqli jamoa»

Baho:
+ | -

Superliga 19-turi doirasida «Buxoro» maydonidagi g‘alabadan keyin «Olimpik» bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Jamoamni g‘alaba bilan tabriklayman. Yigitlarim yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Penalti bormidi-yo‘qmidi, vaziyatni ko‘rmadim. Lekin umuman olganda, bugungi o‘yinimiz orqali jamoam g‘alabaga loyiq edi deb o‘ylayman. Yaxshi vaziyatlarimiz bo‘ldi, balki ertaroq gol urganimizda barchasi ertaroq tugashi mumkin edi.

 Jamoada barchaning ko‘ziga tashlanib turgan muammolar bor edi. «Buxoro» o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani ko‘rindi. Ular birinchi bo‘limda bizga katta tashvishlar keltirib chiqarishdi. «Buxoro»ga omad tilayman, ularning holatini tushunib turibman. Ammo bu futbol.

— «Buxoro»dek jamoaning Superligada bo‘lmasligi chempionatga qanchalik ta’sir o‘tkazadi? Chunki «Buxoro» kabi o‘z stadioni, muxlislarga ega jamoa Superligada kam.
— «Buxoro» Superligada yaxshi o‘ringa ega jamoa, muxlislarini doimo hurmat qilib kelganman. Ular jamoasini sevadi va yaxshi muxlislik qilishadi. Ular bugungi mag‘lubiyat sababli Superligadan tushib ketishmayapti, mavsum davomida ko‘p joylarda ochko ololmagani, kamchiliklar bo‘lgani ta’sirini o‘tkazdi. Buxoroda doimo futbol bo‘ladi, chunki jamoaning jonkuyar muxlislari bor. «Buxoro» doimo muxlisligi bilan maqtana oladi va shu sababli ular Superligada yaxshi jamoa bo‘lib, yuqori o‘rinlarda yurishga haqli. Chunki jamoa muxlislari ham buni kutishadi.

Vaqti keladi, hali «Buxoro» ham chempion bo‘ladi, OCHLda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Buning uchun yaxshi jamoa, murabbiy va rahbariyat kerak. Klubda ko‘p narsalarni to‘g‘rilash kerak. Chunki ko‘chadan klubdagi sharoitlar, akademiya va boshqa narsalar haqidagi kamchiliklarni eshitamiz. O‘ylaymanki, asta-sekinlik bilan barchasi to‘g‘rilanib, yaxshilanib boriladi.

Manba: fcolympic.uz
Kiritildi: 22:32, 10.11.2023.
O'qildi: 1965 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.