Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-1 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Fener» funusiga soya...

«Fener» funusiga soya...

Baho:
+ | -

Ayni holatda qaysi klubni Yevropada eng yaxshisi sifatida tilga olish mumkin?

Natijalar bo‘yicha aytsak, bu maqomga Turkiya Superligasi ishtirokchisi - «Fenerbaxche» munosib edi yaqingacha. Chunonchi, «kanareykalar» joriy mavsum hisobidan dastlabki 19ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchrash u yoqda tursin, hatto ochko ham yo‘qotmadilar. To‘g‘ri, 20-qadamga kelganda, Istanbul jamoasining aqlni ozdiradigan zo‘r seriyasi xotima topdi...

G‘alabali seriya. «Fenerbaxche» joriy mavsum ikki turnir hisobidan qatorasiga 19ta o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi. Aniqrog‘i, istanbulliklar mahalliy Superligada 10ta, Konferensiyalar Ligasi (saralash bosqichi bilan birga)da esa 9ta g‘alaba qayd etdilar. 4 noyabr kuni esa o‘z maydonlarida «Trabzonspor»ga yut­qazib qo‘ydilar - 2:3.

Umumiy natija. Diqqatga sazovor tomoni, g‘olibona yurishi davomida umumiy hisobda 58ta gol urib, 10ta qo‘yib yubordi. Eng qizig‘i, Turkiya Superligasi 11-turidan oldin har ikki turnirdagi umumiy hisob teng edi - 29:5. 

Yevropaning eng yaxshi klubi. Yevropaning eng kuchli 10ta ligasining joriy mavsumiga qarasak, boshqa biror jamoa barcha turnirlar doirasidagi o‘yinlarda bunday uzun g‘olibona odimlagani bilan maqtanolmaydi. Mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha esa ikkinchi yaxshi natija «Bayer»da: 16ta o‘yinda 13ta g‘alaba va 3ta durang.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:33, 10.11.2023.
O'qildi: 1185 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик