Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Timur Kapadze: "G‘alabaga haqli edik"

Timur Kapadze: "G‘alabaga haqli edik"

Baho:
+ | -

Superliga 19-turidan o‘rin olgan Buxoro – Olimpik (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Jamoamni g‘alaba bilan tabriklayman. Futbolchilar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Penalti belgilangan vaziyatni ko‘rmadim. Umuman olganda, biz g‘alabaga haqli edik. Imkoniyatlarimiz ko‘p bo‘ldi, balki, vaqtliroq to‘p kiritganimizda, barchasi erta yakun topishi mumkin edi.

Mezbonlar birinchi bo‘limda bizga ko‘plab muammolar tug‘dirishdi. Buxoro‘ga omad tilayman, jamoaning hozirgi holatini tushunib turibman. Bu – futbol, o‘ylaymanki, barchasi joyida bo‘ladi.

Buxoro muxlislari o‘z jamoalarini yaxshi ko‘rishadi va unga muxlislik kilishadi. Ular jamoani yaxshi o‘rinlarda ko‘rishga haqlilar. Vaqti kelib jamoa chempion ham bo‘lar, OCHLda ham ishtirok etadi. Buning uchun esa yaxshi jamoa, yaxshi murabbiy va shunga mos rahbariyat kerak. Jamoa bazasi, akademiyasi va boshqa kamchiliklar bartaraf etilsa, barchasi asta-sekin yaxshilanib boradi”, – dedi Kapadze.

Kiritildi: 04:04, 11.11.2023.
O'qildi: 908 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик