«Nissa» bosh murabbiyi Franchesko Farioli Fransiya chempionatining 12-turida «Monpelye» bilan durang (0:0) haqida fikr bildirdi.
«Men natijadan yoki o‘yindan afsuslanmayman. Biz ma’lum sharoitlarda juda xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan kuchli jamoaga qarshi o‘ynashimizni bilardik.
Raqibga juda kam vaziyatlar yaratishga imkon berdik. Hujumlarda faqat aniqlikda muvaffaqiyat qozona olmadik», - deya Fariolining so‘zlarini keltiradi L'Equipe.