Kirish Ro'yxatdan o'tish

Unai Emeri shogirdini 70 million yevroga qo‘yib yuboradi

Unai Emeri shogirdini 70 million yevroga qo‘yib yuboradi

Baho:
+ | -

"Aston Villa" yarim himoyachisi Duglas Luisni mavsum o‘rtasida yo‘qotmoqchi emas. Jurnalist Freyzer Fletcherning so‘zlariga ko‘ra, Unai Emeri jamoasi manfaatdor klublarni qo‘rqitish uchun braziliyalik futbolchining narxini 70 million yevro qilib belgilagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumdan beri Luis xizmatlariga Londonning "Arsenal" klubi qiziqib kelmoqda. "Kanonirlar" kelasi transfer oynasida kelishuvni yakunlash imkoniyatini o‘rganib chiqishadi, ammo transfer hali ham dargumon.

Eslatib o‘tamiz, Duglas Luis joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida o‘n bir o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:04, 11.11.2023.
O'qildi: 1636 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.