Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Ro‘ziqul Berdiyev: «Nasaf» finallarda yetarlicha tajriba to‘plagan»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Nasaf» finallarda yetarlicha tajriba to‘plagan»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi oldidan "Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: — Bu Qarshi shahri uchun tarixiy o‘yin. Birinchi bor final bizning uyimizda o‘tkazilmoqda. Yigitlar o‘yinga shay. Ertaga g‘alaba qozonish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Biz allaqachon Superkubokni qo‘lga kiritib bo‘ldik. Ertangi bahsda ham, chempionat oxirigicha ham maqsadimiz barcha turnirlarda yaxshi qatnashish. Barchasi o‘z qo‘limizda.

Ertangi o‘yin og‘ir bo‘ladi. OKMK jamoasi tajribali va hujum chizig‘i eng kuchli klublardan biri bo‘lib turibdi. Shunga qaramay, muxlislarimizni o‘z uyimizda xursand qilishga harakat qilamiz.

Penaltilar eng og‘riqli nuqtalarimizdan biri. Shuning uchun buning ustida alohida tayyorgarlik ko‘rdik.

Final uyda o‘tayotgani jamoaga qo‘shimcha bosim ham yuklaydi. Buning javobgarlik hissi bor. Lekin "Nasaf" finallarda yetarlicha tajriba to‘plagan. Menimcha, yigitlar ertaga ruhan tayyor bo‘lishadi.

Finalga tayyorlanish jarayonida OKMK jamoasining yil boshidan beri o‘tkazgan barcha o‘yinlarini tahlil qilib chiqdi. Faqatgina yigitlarga chempionlar ligasidagi oxirgi bahsni ko‘rsatmadik. Chunki bu biz bilgan OKMK jamoasi emas. Ular tajribali va kuchli jamoa sifatida shakllanishgan. Olmaliqliklar kubok finaligacha bekorga yetib kelishmadi.

Zafarmurod Abdurahmatov: — Jamoa bilan yaxshi tayyorgarlik olib bordik. Ertangi o‘yinga tayyormiz. G‘alaba uchun nima kerak bo‘lsa, hammasini qilamiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 18:23, 11.11.2023.
O'qildi: 2294 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.