Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

"Nyukasl"ga nima bo‘ldi?

"Nyukasl"ga nima bo‘ldi?

Baho:
+ | -

«Nyukasl» o‘tgan mavsumda eng barqaror jamoalaridan biri edi, «MYU», hatto «Arsenal»da ham ko‘tarilish, pasayish davrlari bo‘ldi, ammo Eddi Xau shogirdlari ochkolarni bir tekisda yig‘ib borgandi.

Ikkinchi yilda jamoa kuchayishi aniq, ammo yagona to‘siq - YECHL, jamoaga birinchi marta qo‘shimcha frontdagi kurashish xalaqit berishi ehtimoli katta edi.

Ichki kuboklar boshqa narsa, YECHL umuman boshqa daraja, buning ustiga «qarg‘alar» o‘lim guruhiga tushib qolishdi - PSJ, Milan, Borussiya - mana sizga qo‘shimcha 6 ta top uchrashuv. Tabiiyki, haftada bir o‘yin bilan ikki o‘yinning farqi juda katta. Ayniqsa, har o‘yinda jismoniy kurash va pressingga urg‘u beradigan jamoa uchun.

E’tibor bering, og‘ir taqvim tufayli (Siti, Liverpul, Brayton) avgustdagi yomon startni qo‘shmasak, «Nyukasl» buyog‘iga uch o‘yinda ochko yo‘qotdi. Barchasi aynan YECHL o‘yinidan keyingi turda:

PSJdan so‘ng, Vest Hem 2:2
Borussiyadan so‘ng, Vulvz 2:2
Borussiyadan so‘ng, Bornmut 0:2.

Faqat Milandagi o‘yindan keyin g‘alaba qozonilgan, ammo «Sheffild» ancha kuchsiz raqib ekanini ham inobatga olish kerak.

Tanaffusdan keyingi o‘yinlar: Chelsi, PSJ, MYU, Everton, Tottenhem, Milan. Oson emas bu maydon ichida turmoq...

Tabiiyki, Xau buni bilgan, aynan rotasiya uchun transferlar amalga oshirildi ham, ammo yuklamalar oshishi natijasida jarohatlar ham ko‘paygan. Botman, Bern, Isaak, Uilson, Barns, Myorfi, Anderson - hammasi asosiy tarkib yoki yaqin futbolchilar. Tonali yil oxirigacha diskvalifikasiya, bugun Gimaraysh ham sariq kartochkalar tufayli o‘ynay olmadi. Almiron birinchi taymda jarohatlandi. Bornmutdagi natija, demak, syurpriz emas.

Yana bir tomoni, YECHL guruhda qolib ketilsa, pastroq reyting tufayli, keyingi yevrokuboklarda ham og‘irroq raqiblar tushaveradi. Esingizda bo‘lsa, «Siti» endigina YECHLda o‘ynay boshlaganida, har yili qiyin guruhga tushib qolardi.

Endi bunga, jamoa muvaffaqiyatli o‘ynagani sari, tarkibidagi ko‘proq futbolchi terma jamoalarga chaqirilishini ham qo‘shing.

Top klub bo‘lish o‘ylaganimizdan ancha qiyin.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:22, 12.11.2023.
O'qildi: 771 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.