«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag hujumchi Rasmus Xyoylundning jarohati haqidagi savolga javob berdi.
Daniyalik futbolchi shanba kuni «Luton»ga (1:0) qarshi o‘yinning 79-daqiqasida almashtirildi.
«Hozirda bu haqda aytadigan hech narsa yo‘q, bilmayman. Nima bo‘lganini bilish uchun siz 24 soat kutishingiz kerak.
Rasmusning Premyer-ligadagi o‘yini? Chempionlar ligasida beshta gol urdi. U ligada hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonchi komil», - dedi Ten Xag o‘yindan keyingi intervyusida.