Bugun O‘zbekiston kubogi finalida "Nasaf" OKMKga qarshi maydonga chiqadi. Ushbu bahs oldidan O‘zPFL telegram-kanali qiziqarli ma’lumot taqdim etdi.
Unga ko‘ra, Mirjalol Qosimovga jamoalariga qarshi final o‘yinlarida Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi "Nasaf" hali g‘alaba qozona olmagan – qarshiliklar 1 marta "Paxtakor", 2 marta "Bunyodkor"ga mag‘lub bo‘lgan.
Bugun "ajdarlar" bosh murabbiyida yana bir imkoniyat yuzaga keladi.