Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Bu mavsum o‘z chempionatlarini "yondirayotgan" futbolchilar

Bu mavsum o‘z chempionatlarini "yondirayotgan" futbolchilar

Baho:
+ | -

Biz Yevropaning top chempionatlarida voqealar qanday ketayotganini kuzatib borgan holda bu mavsum o‘z milliy chemionatlarida o‘zini ko‘rsatayotgan futbolchilarga to‘xtalib o‘tamiz.

Bellingemga La Ligada raqobatchi yo‘q

Ingliz futblchisi hali ham o‘zining nimalarga qodir ekanligini to‘liq ko‘rsatganicha yo‘q. Hozircha "Borussiya"ning sobiq yarim himoyachisi Madridda umuman muammoga duch kelmayapti. Jud shuhratparast klubga mukammal vaqtda qo‘shildi. Avlodlar almashinuvi tufayli yarim himoyachi dastlab "Los Blancos"ning asosiy o‘yinchisi va yetakchisi sifatida ko‘rib chiqildi. Qolaversa, Madridda markaziy hujumchi muammosi bor edi. Ayniqsa, Karim Benzema jamoadan ketganidan so‘ng. Boshqa variantlar orasida Mbappe bilan seriyal hali ham davom etmoqda, Endrik esa Ispaniyaga kelishi uchun yoshi yetmaydi.

Jude Bellingham may ALREADY be world's best player, claims Southgate as  England boss says 'it's not a stupid question' | The Irish Sun

Shu bois, Bellingem hujumchi vazifasini ham o‘z zimmasiga oldi va u to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlik qilishda davom etmoqda. 11 o‘yinda ijrochi 10 ta gol urdi va eng yaqin ta’qibchilaridan 3 ta gol oldinda. Agar yarim himoyachining oktyabr oyidagi statistikasi haqida gapiradigan bo‘lsak, Jud ikki marta gol urishga muvaffaq bo‘ldi - u "Osasuna"ni mag‘lub etdi va "Barselona" bilan "El-Klasiko"da o‘yin taqdirini o‘zi o‘zgartirib ketdi. 20 yoshli iqtidor allaqachon ispan muxlislari qalblarini yetarlicha zabt etdi. Bellingem "Qirollik klubi" tarkibida o‘zini ko‘rsatishda davom etmoqda.

Saloh - stabillik va tajriba

Misrlik vinger “Liverpul”da 7 yildan buyon to‘p tepmoqda. Bu vaqt ichida u o‘zining asl darajasini topdi. Oldingi ikki mavsumda doimiy ravishda gol+pas tizimidan foydalangan holda 30 dan ortiq samarali harakatlar amalga oshirildi; “Roma”dan ko‘chib o‘tgandan keyin, APLdagi ilk mavsumda chempionatdagi eng yomon ko‘rsatkich 22 gol va 5 golli uzatma edi.

Aftidan, joriy mavsumda, Muhammad Saloh yana bir bor 20+ gol natijasiga erishishga tayyor. Qayta tiklangan "Liverpul"da u o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Joriy mavsumda u 11 o‘yinda 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Liverpool 2-0 Everton: Mohamed Salah double seals Merseyside derby win to  send Reds top | Evening Standard

Hatto mavsum startida ham uning samarali harakatlari mersisaydliklarga "Bornmut" va "Nyukasl" ustidan g‘alaba keltirdi va "Chelsi" bilan durang o‘ynadi. Oktyabr oyida Saloh "Qizillar" safida "Brayton" bilan durang qayd etilgan bahsda (2:2) dubl qayd etdi, oy oxirida esa "Liverpul" "Everton" ustidan g‘alaba qozondi (2:0). "Nottingem"ga qarshi kechgan bahsda Saloh gol urdi.

Lautaro Martines A seriya chempioni bo‘lishni maqsad qilgan

“Inter” hujumchisi A Seriya to‘purarlik poygasida bu mavsum ham kurashga jiddiy qo‘shildi. Ilgari Lautaroga Romelu Lukaku, Chiro Immobile va o‘tgan mavsumdan Viktor Osimhen kabi hujumchilar raqobat tug‘dirishga harakat qilardi. Hozir Italiya chempionatining to‘purar hujumchilari kamayib ketdi, yangi chiqayotgan yulduzlar esa hali o‘zlarni to‘liq ko‘rsatganicha yo‘q. Martines bundan foydalangan holda yetakchilikni qo‘lga oldi.

"Neradzurrilar" forvardi bu mavsum A Seriyada 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Eng yorqin o‘yinlardan biri, argentinalikning "Salernitana"ga qarshi pokeri sentyabr oyida bo‘ldi. Oktyabr oyida - uchta o‘yinda 2 ta gol. Ammo ulardan biri muhim! Turam va Martinesning gollari milanliklarga "Bolonya" bilan o‘yinda durangga olib keldi. Keyinroq argentinalik Turinliklar darvozasini ishg‘ol qildi – 3:0.

Lautaro Martínez with two goals for Inter in 2-0 win vs. Monza | Mundo  Albiceleste

Oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun “Inter” hujumchisining raqobatchilari Bremer, Xvicha Kvaratsxeliya, Kristian Pulishich va Matias Sule edi. Ammo hujumchi bilan faqat “Napoli”ning gruziyalik qanot hujumchisi raqobatlasha oldi.

Manba: soccer.ru
Kiritildi: 21:56, 12.11.2023.
O'qildi: 3101 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.