Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

«Barselona» Levandovskining dubli evaziga «Alaves» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

«Barselona» Levandovskining dubli evaziga «Alaves» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

«Barselona» Ispaniya chempionatining 13-turi doirasida o‘z maydonida «Alaves»ni qabul qilib, qiyin g‘alabaga erishdi.

Mehmonlar 18-soniyada hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi: Samu Omorodion yaqin masofadan to‘pni "Barsa" darvozasiga joylab qo‘ydi. "Alaves" tanaffusga qadar yana 2 ta gol urish mumkin edi, ammo ular qulay imkoniyatlardan foydalana olishmadi.

Xavi jamoasi ikkinchi taymda o‘z o‘yinlarini kuchaytirishdi va g‘alabani ilib ketishdi. Bahsning 53-daqiqasida Jyul Kunde tomonidan havodan yetkazilgan uzatmani Robert Levandovski bosh bilan raqib darvozasiga burib yubordi.

O‘yinning 78-daqiqasida esa Ferran Torresga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun penalti belgilandi. Levandovski mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi va 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirdi.

"Barselona" ushbu g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 30 taga yetkazib oldi va 3-pog‘onani egallab turibdi.

Ispaniya La ligasi, 13-tur
Barselona – Alaves 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 1 Omorodion, 1:1 – 53 Levandovski, 2:1 – 78, penalti Levandovski.
Barselona – ter Stegen, Arauxo, Martines, Kunde (Balde, 70), Joau Kanselu, Gyundogan, Pedri (Romeu, 81), Lopes (Rafinya, 63), Joau Feliks (Ferran Torres, 70), Yamal, Levandovski.
Alaves – Sivera, Gorosabel (Tenalya, 85), Abkar, Marin, Duarte, Xavi Lopes, Guridi (Xadji, 79), Antonio Blanko (Mendes, 85), Gevara, Rioxa (Rebbash, 63), Omorodion (Kike Garsiya, 79).
Ogohlantirishlar: Levandovski (62), Duarte (75), Gyundogan (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:20, 12.11.2023.
O'qildi: 1603 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.