Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

APL nima uchun eng yaxshi chempionatga aylangan?

APL nima uchun eng yaxshi chempionatga aylangan?

Baho:
+ | -

Yevrokuboklarda u qadar katta farq yo‘q, hatto ispan jamoalari muvaffaqiyatliroq bo‘lsa-da, nega Angliya Premyer Ligasi eng yaxshi chempionat deb atalishining boshqa sababi bor.

Tasavvur qiling, shartli «Sevilya» bir haftada «Real» va «Xetafe» bilan o‘ynashi kerak. Murabbiy nima qiladi? Baribir Madridda ochko olish qiyinligini bilib, bor e’tiborini narigi uchrashuvga qaratadi va kamida uch ochko oladi. Oddiy pragmatik qarash. Bunday holatlarda har qanday ingliz jamoasi borini aynan katta klubga qarshi o‘yinga tashlaydi. Chunki aynan o‘sha o‘yinni butun dunyo tomosha qilishini biladi - o‘z tovarini, ya’ni o‘yinini ko‘rsatishi lozim.

Shuning uchun ingliz klublari o‘z uslubiga ega bo‘lgan murabbiylarni taklif qiladilar, tomoshabop, hujumkor bo‘lish targ‘ib qilinadi, shuning uchun APLda La Liga kabi yildan yilga himoyaviy jamoalar ko‘paymayapti, aksincha.

«MYU» yetti marta g‘alaba qozondi, lekin hammasi kuchli o‘ntalikdan pastda joylashgan jamoalar ustidan. «Chelsi»da atigi 4 g‘alaba, ammo hamma londonliklar haqida ijobiy fonda fikr bildirmoqda, umuman olganda Pochettino - malades.

Sababini tushundingiz. «Chelsi» aynan katta o‘yinlarni kuchli o‘tkazdi - «Arsenal», «Liverpul», «Tottenhem» va «Siti»dan yutqazmadi. Nafaqat yutqazmadi, bu o‘yinlarning barchasida o‘z o‘yinini stolga qo‘ydi, o‘sha raqibdan ustunlik qildi ham. Tabiiyki, «Chelsi»ning o‘yinlarini ko‘rish qiziqarliroq, «Chelsi» mahsulotini yaxshi namoyish qila olyapti. Yangi qurilayotgan jamoa agar sovrinlar uchun jiddiy kurashmayotgan bo‘lsa, eng muhim o‘lchov shu.

«Nottingem» yoki «Brentford»dan mag‘lubiyatlar ancha keyingi masala.

Qahramon Aslanov

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 10:46, 13.11.2023.
O'qildi: 2642 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.