“Roma” himoyachisi Kris Smolling jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.
U oxirgi marta 1 sentyabr kuni maydonga tushgan. Hozircha Smollingning qaytishi uchun aniq sana yo‘q. U operasiya qilinmadi, konservativ davo qo‘llanildi.
Bosh murabbiy Joze Mourinyo bu vaziyatdan xavotirda. U yanvar oyida klub yangi markaziy himoyachini sotib olishini kutmoqda, bunda birinchi o‘rinda "Tottenxem" futbolchisi Erik Dayer varianti bor. Joriy mavsumda u "shporlar" safida 2 ta o‘yin o‘tkazdi.
Smolling "Roma"da 2019 yilning yozidan buyon o‘ynamoqda. Joriy mavsumda 3 ta o‘yin o‘tkazdi.