Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

O‘zbekistonda agent bo‘lish osonmi?

O‘zbekistonda agent bo‘lish osonmi?

Baho:
+ | -

O‘zbekistonda futbolning ichidagi odam bo‘lmasangiz yoki futbol ichida avtoritetga ega hamkoringiz bo‘lmasa futbol agenti bo‘lish juda qiyin. Qo‘shimchasiga ba’zan orqangida kuchliroq "tanka" bo‘lishi kerak bo‘ladi.

Eng qiyini O‘zbekistonda futbolchilar agentlar bilan ishlashni xohlashmaydi. Sababi: "O‘zbekistonni ichida menga agent nimaga kerak? O‘zbek klublari o‘zim ham gaplashib olaman" deb o‘ylashadi. Chetga chiqishda esa "qaysi agent taklif olib kelsa o‘sha bilan ishlab ketvuraman" deyishadi. Shunaqa o‘ylashning futbolchi uchuno‘ziga ko‘p zarar taraflari bor. Bu haqda keyin yozaman.

Xullas, eng qiyini futbolchilar bilan kontakt bo‘lsa, keyingisi klublar bilan.

Aksar klublarda agentlar uchun eshik yopiq. To‘g‘riyam-da qaysi futbol klubi klubni emas, futbolchini himoya qiladigan shaxs bilan ishlashni xohlaydi.

Keyingisi aksar joyda sun’iy to‘siqlar. Sun’iy to‘siqlar odatda nimaga paydo qilinadi? Albatta moddiy manfaatga ega bo‘lish uchun. Hamma joyda "dolya" berib borish kerak bo‘ladi.

Eng asosiylardan O‘zbekistonda agentlar huquqlari himoya qilinmagani bo‘ladi. Agentlik reglamentining o‘zi yo‘q edi (hozir eshitishimga qaraganda bu ish yo‘lga qo‘yilyapti).

Reglament bo‘lganda taqdirda ham adashib biror zo‘r futbolchi bilan shartnoma tuzgan bo‘lsangiz, albatta, sizdan u futbolchini olib qo‘ymoqchi bo‘lgan norasmiy agent chiqadi. Futbolchi bilan shartnoma bo‘lishiga qaramasdan o‘sha futbolchiga yoki ota-onasiga rad qilib bo‘lmaydigan pul berib, o‘ziga og‘dirib oladi yoki ochiqchasiga olib qo‘yadi. Bu vaziyatda orqasida haligi norasmiy agentdan kuchi kam bo‘lgan "tankasi" borlargina u bu narsa qila olishi mumkin.

Xullas¸ ko‘chadan kelib agent bo‘lishni deyarli iloji yo‘q desa ham bo‘ladi.

Ravshan Salimov.

Manba: https://t.me/Salimov_football
Kiritildi: 10:25, 14.11.2023.
O'qildi: 1823 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик