Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

APLning VAR'siz jadvali qanday ko‘rinishga ega bo‘lardi?

APLning VAR'siz jadvali qanday ko‘rinishga ega bo‘lardi?

Baho:
+ | -

Agarda Angliya Premyer-ligasida VAR tizimi joriy qilinmaganida, hozir boshqacharoq jadval guvohiga aylangan bo‘lardik. Biz bugun 2023/24 yilgi mavsumda VAR tomonidan aralashilgan vaziyatlar, shu sabab urilgan yoki bekor qilingan gollar va ochkolarni hisoblab chiqdik. Shu orqali shakllantirgan jadvalimiz esa biroz boshqacharoq ko‘rinishga ega bo‘ldi. Unga ko‘ra, "Manchester Yunayted" yevrokuboklarga yo‘llanma beradigan o‘rinlarda bo‘lmaydi. "Tottenxem Xotspur" esa ikki ochkolik farq bilan turnir jadvali yetakchisiga aylanadi.

Agarda VAR bo‘lmaganida, "Tottenxem" "Arsenal" va "Brentford"ga qarshi o‘yinlarni yutib olgan bo‘lardi. Negaki, ana shu bahslarda video assistent referi tizimi orqali raqiblarga penalti olib berildi. Oqibatda, jami 4 ochko yo‘qotildi.
"MYU"ning hozirda qayd etib turgan 5 ta mag‘lubiyati va 7 ta g‘alabasi o‘zgarishsiz qoladi.
"Brayton" esa "Everton" bilan 1-1 tugagan o‘yinda g‘alabaga erishgan bo‘lardi. Shu orqali "chag‘alaylar" "MYU" va "Nyukasl"ni ortda qoldirib, kuchli oltilikka kirardi. Bu esa o‘z navbatida, turnir jadvalining umumiy qiyofasiga bir qadar ta’sir qiladi.

Yangi mavsumning o‘n ikki haftasi davomida VAR jami 26 ta vaziyatga aralashdi. Ular ichida 11 ta bekor qilingan gollar va 7 ta penalti belgilanishlari bor. Olib berilgan penaltilarning barini golga aylantirilganini ham alohida ta’kidlash joiz. Umumiy olganda, VAR qarorlaridan eng ko‘p foyda ko‘rga bu "Nottingem Forest"dir. Stiv Kuper jamoasi foydasiga uch bor VAR qaror qabul qilgan. Shulardan ikkitasi durang bahsda, bittasi "Liverpul"ga mag‘lubiyatda yuz bergan.
"Arsenal" va "Chelsi" foydasiga 3 ta qaror chiqarilgan va shuncha vaziyat ularga qarshi ishlagan. Xususan, Mikel Arteta jamoasi VAR'siz hozirgidan ko‘ra bir ochko ko‘proq yig‘gan bo‘lardi.
Shuningdek, "Byornli", "Liverpul", "MYU" va "Tottenxem" ham uch bor VAR qarorlaridan aziyat chekkanlar qatoridadir.

Agarda "Manchester Yunayted"ning holatiga e’tibor bersak, VAR jamoaning ochkolarini o‘zgartirmagani, faqatgina gollar nisbatiga biroz ta’sir ko‘rsatganini bilib olish mumkin. "Arsenal" bilan o‘yinda VAR sabab Garnachoning goli bekor qilinadi. Shuningdek, Entoni Teylor Xaversga qo‘pollik ishlatilganda qo‘ygan penaltisi ham shu tizim sababli yo‘qqa chiqqandi.
Jadval pastrog‘iga e’tibor bersak, deyarli o‘zgarishni ko‘rmaymiz. To‘qqizinchi o‘rindagi "Vest Xem"dan to 18 o‘rindagi "Luton Taun"ga qadar hamma klub haqiqiy o‘rnida qolgan. Faqatgina "Byornli" va "Sheffild Yunayted"lar joy almashib oladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hozirga qadar "Luton Taun", "Vest Xem" va "Vulverxempton" klublari biror marta VAR`dan zarar yoki foyda ko‘rgani yo‘q.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:07, 14.11.2023.
O'qildi: 7580 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик