Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem 0-4 Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka 1-0 Las-Palmas
11/05 19:00 Olimpik 1-2 Paxtakor
11/05 19:00 Metallurg 0-0 Qizilqum
11/05 19:00 Vulverhempton 1-3 Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut 1-2 Brentford
11/05 19:00 Everton 1-0 Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl 1-1 Brayton
11/05 19:00 Tottenhem 2-1 Byornli
11/05 19:00 Vest Xem 3-1 Luton
11/05 19:15 Vilyarreal 3-2 Sevilya
11/05 21:00 Napoli 0-2 Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest 2-3 Chelsi
11/05 21:30 Granada 0-4 Real Madrid
11/05 23:45 Milan 5-1 Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad

Ronaldu va Messi: Kimda sovrin ko‘proq?

Ronaldu va Messi: Kimda sovrin ko‘proq?

Baho:
+ | -

Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning raqobati davrni belgilab berdi, ammo 2023 yilda ular turli bosqichlarda bo‘lsa-da, o‘z faoliyatlarini qisqartirishni boshlaydilar - ammo hozircha ularni qanday taqqoslash mumkin?

Ronaldu va Messining qay biri zo‘r, qay biri kuchli va yaxshiroq ekani borasidagi tortishuvlar, argentinalikning jahon chempioni bo‘lishi bilan yakuniga yetgan bo‘lishi mumkindir. Ammo yana bir bahslashadigan soha bor. U ham bo‘lsa, bu ikki dahoning qay biri ko‘proq sovrin yutgani. Messi va Ronaldu umumiy 1500 mingdan ortiq golga mualliflik qilgan. Ular, shuningdek, jami 9 bor YECHLni, 17ta ichki chempionatni, 2 bor qit’a chempionligi va boshqa ko‘plab shaxsiy sovrinlarni qo‘lga kiritishgan. Jahon chempionatidagi qahramonliklaridan keyin, Messi 8-bor «Oltin to‘p»ga ega chiqdi. U «PSJ» bilan 2 yilda 2 bor Fransiya chempionligiga erishgandi. Hozir Messi Amerikada, Ronaldu esa Saudiya Arabistonida harakat qilmoqda. Bu ikki afsona doimo bir-biriga qarshi salbiy fikr aytishdan saqlangan. Bu bekorga emas. Negaki, futbolda eng muhimi bu hurmatdir (bekorga UYEFAning bosh g‘oyasi va shiori - RESPECT, ya’ni hurmat emas).

Ronaldu Messi haqida shunday deydi: «Biz hamkasblarmiz. Biz o‘z ishimizni qilamiz. Boshqa ko‘plab futbolchilar kabi futboldan tashqari shaxsiy munosabatlarga ega emasmiz. Messi menga o‘xshab o‘z klubi va terma jamoasida yaxshi natijaga intiladi. Uzoq vaqtlik raqobatimizga ijobiy yondoshuv kerak. Negaki, aynan raqobat bizni hozirgi darajamizga olib chiqdi».

Messi esa Ronalduni «Yuventus»ga ketganini eshitib shunday degandi: «Uning ketgani yaxshi emas. Garchand men uchun Ronalduni sovrinlar yutishini ko‘rish og‘ir bo‘lsada, aynan u La Liga darajasini belgilab berdi».

Xo‘sh, shunday afsonalar bir-birini hurmat qilar ekan. Ko‘p jabhada kuchlar teng ekan, sovrinlar borasida nima deyish mumkin? Quyida bu statistika bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.

KRISHTIANU RONALDU

 

Ichki chempionada:

APL - 3 marta («MYU» bilan)

La Liga - 2 marta («Real» bilan)

«A» seriya - 2 marta («Yuventus» bilan)

Angliya liga kubogi - 2 marta

Angliya kubogi - 1 marta (2004)

Ispaniya kubogi - 2 marta

Italiya kubogi - 1 marta (2021)

Portugaliya superkubogi - 1 marta (2002)

Angliya superkubogi - 1 marta (2007)

Ispaniya superkubogi - 2 marta

Italiya superkubogi - 2 marta

Xalqaro maqomdagi:

YECHL - 5 marta

UYEFA Superkubogi - 2 marta

Arab mamlakatlari chempionlar kubogi- 1 marta (2023)

Boshqa:

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati - 4 marta

Terma jamoalar miqyosida:

Yevropa chempionati - 1 marta (2016)

Yevropa Millatlar ligasi - 1 marta (2019)

Jami: 33ta sovrin

Individual:

«Oltin to‘p» - 5 marta

FIFA yil o‘yinchisi - 3 marta

Yevropaning eng yaxshi futbolchisi - 3 marta

Jami: 11ta sovrin

LIONEL MESSI

 

Ichki chempionatda:

La Liga - 10 marta («Barselona» bilan)

Liga 1 - 2 marta («PSJ» bilan)

Ispaniya kubogi - 7 marta

Ispaniya superkubogi - 8 marta

Chempionlar kubogi - 1 marta («PSJ» bilan)

Xalqaro maqomdagi:

YECHL - 4 marta («Barselona» bilan)

Ligalar kubogi - 1 marta («Inter Mayami» bilan)

UYEFA Superkubogi - 3 marta

Boshqa:

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati - 3 marta

Terma jamoalar miqyosida:

Jahon chempionati - 1 marta (2022)

Kopa Amerika - 1 marta (2021)

Olimpiada - 1 marta (2008)

Jami: 42ta sovrin

Individual:

«Oltin to‘p» - 8 marta

FIFA yil o‘yinchisi - 3 marta

Jahon chempionati «Oltin to‘p»i - 2 marta

Yevropaning eng yaxshi futbolchisi - 2 marta

Jami: 15ta sovrin

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:23, 14.11.2023.
O'qildi: 10624 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.