Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Husan Temirov 70 yoshga to‘ldi!

Husan Temirov 70 yoshga to‘ldi!

Baho:
+ | -

Taniqli sharhlovchi, ustoz jurnalist Husan Temirov 70 yoshga to‘ldi.

Qarshilik muxlislar Husan akaning ajoyib sharhlarini Ro‘ziqul Berdiyev uzatmalari, Zafar Xolmurodov gollari va Pyotr Gizimchuk ijrosidagi «superseyv»lar kabi maroq bilan eslashadi. «Balli, Pyotr!», «Haaaaa, bu yerda darvozabon o‘z o‘rnida!», «Zarbaaaaaaa, gooollllll!» - bunday yoqimli va jarangdor jumlalar «Nasaf»ning yorug‘ yo‘li bilan chambarchas...

Qarshida tashabbuskor, tashkilotchi rahbar, teleradiojurnalist, sport sharhlovchisi, matbuot faxriysi Husan Temirovning qutlug‘ yubileyi, qolaversa, ijodiy faoliyati 50 yilligi hamda «Yurakdagi ehtirom» kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda Qashqadaryo viloyati hokimligi mutasaddilari, OAV vositalari, sport tashkilotlari xodimlari, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari hozir bo‘lishdi. Tadbir avvalida yubilyarning mehnat jarayoni, ijodiy faoliyati aks ettirilgan videolavha namoyish etildi. Shundan so‘ng viloyat hokimi Murodjon Azimovning Husan Temirovga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. «Nasaf» prezidenti Shuhrat Aslanov esa o‘z so‘zida ustozning futbol sharlovchiligiga bog‘liq o‘ziga xos qirralarini alohida qayd etdi. Yig‘ilganlar yubilyarni qizg‘in qutlash barobarida «Yurakdagi ehtirom» kitobida ilgari surilgan g‘oya haqida fikr-mulohaza bildirishdi. Tadbirda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, MOQ, O‘FA, PFL, Qashqadaryo viloyati FA, «Nasaf» klubi tomonidan yubilyar nomiga yo‘llangan qutlov va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Husan Temirovning 33 yillik mehnat faoliyati bevosita viloyat teleradiokompaniyasi bilan bog‘liq. U jumladan, qariyb 13 yil davomida hududiy teleradiokompaniyaga rahbarlik qildi. 1995 yilning 24 avgust kuni faoliyat boshlagan Qashqadaryo televideniyesining kunlik efir vaqti ortda qolgan davr­da 30 daqiqadan  18 soatga yetdi. Telemarkaz binosining ishga tushirilishi, moddiy-texnik bazaning  mustahkamlanishi, yangi kadr­lar salohiyatining takomillashuvi - barchasi fidoyi mehnat samarasi. Husan aka shogirdlaridan 10 nafari davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Ustozning hozirga qadar bosma axborot tizimi («Qishloq hayoti» gazetasi, «Fermer» jurnali)da ham samarali mehnat qilayotgani tahsinga loyiq. Jumladan, «InterFutbol» sahifalarida ham uning maqola va intervyulari chop etilmoqda. 

«Shuhrat» medali, «Sport faxriysi», «O‘zbek futbolining 110 yilligi» kabi ko‘plab esdalik nishonlari, «Eng ulug‘, eng aziz» respublika tanlovi g‘olibligi - yuksak mehnatga berilgan bahodan darak. Noshirlikda ham faol ustoz «Ezgulik chirog‘i», «Yaxshilar yodi» kabi kitoblarni nashrga tayyorlagan. «Yurakdagi ehtirom» kitobi esa yubiley sharafiga o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi. O‘z navbatida, ustoz jurnalistga xotirjamlik, salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt tilaymiz. Yangi O‘zbekistonning buguni va porloq istiqbolini tarannum etishda hormang, ustoz!

Umid Maydonov, Durdona Temirova, Aziza Husanova, Muzaffar Husanov, E’zoza Ziyaddinova.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:15, 15.11.2023.
O'qildi: 1260 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик