Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Yana «Ashxobod» stadioni haqida

Yana «Ashxobod» stadioni haqida

Baho:
+ | -1

Turkmaniston bilan o‘yin stadioni o‘zgarmaydigan bo‘ldi.

Kecha Turkmanistondagi tanishim bilan gaplashib qolgan edim. Aytishicha, "Paxtakor" kelib ketganidan so‘ng OFKdan tekshiruvchilar kelib hamma joyni andar to‘ntar qilib tashlashgan. OFKdagilar ham hayron emish qanday qilib bu stadion qabul qilinganiga. Qo‘shimchasiga oldingi o‘yinda ishlagan komissarlar ham dakki eshitgan emish. Vaholanki, "Paxtakor" bilan o‘yindagi komissar bilan gaplashganimda "oldingi o‘yinga ham o‘zi kelganini, maydon haqida OFKga ma’lumot yuborganini" aytgan edi. Hattoki telefonini ochib ko‘rsatgan ham edi. Hamma hayron, qanday qilib bu stadion qabul qilingan bo‘lishi mumkin?

Aslida hammasi oson. Katta ehtimol bilan stadionning qalbaki sertifikatni lisenziyalashtirish tizimiga yuklashgan. Uni esa birov tekshirib ham o‘tirmagan bo‘lsa kerak. Va o‘sha bo‘yicha stadion qabul qilinavergan. Odatda Chempionlar ligasida yangi klub o‘ynasa, OFKdan inspeksiya kelib tekshirib ketar edi. Bu gal nimaga unaqa bo‘lmagani tushunarsiz. 

"O‘FA oxirigacha talab qila olmadi", degan gapga keladigan bo‘lsak, "O‘FA eplolmadi" deyish noto‘g‘ri bo‘lsa kerak. O‘FA bu narsadan shunchaki kech xabar topdi. "Paxtakor" borib kelgandan so‘ng bu haqida yozildi va O‘FA ishga kirishdi. OFK esa vaqt kam bo‘lgani uchun stadionni epaqaga keltira bo‘lmasligini bilgan. "Kopetdag‘" stadioni maydoni tabiiy chim bo‘lsa ham o‘zi juda eski. Shu sabablar tufayli alishtirishni imkoni bo‘lmagan bo‘lsa kerak.

Guruh bosqichiga qur’a tashlaganda men Turkmanistonga borib hamma narsani ko‘rib kelmoqchi edim. Lekin¸ Turkmaniston taraf viza berishdan bosh tortgan edi. Balki rad berishni sababi ham bekor emasdir.

Xullas¸ agar O‘zbekiston shu yerda o‘ynab, boshqa jamoalar tabiiy chimda o‘ynaydigan bo‘lsa, bu OFK va FIFA tarafidan adolatsizlik bo‘ladi.  Sababi O‘zbekiston terma jamoasi birinchi navbatga maydonga qarshi kurashadi, keyin esa futbolchilarga qarshi.

Boshqa jamoalarda esa bunday bo‘lmaydi.

Ravshan Salimov.

Manba: https://t.me/Salimov_football
Kiritildi: 20:48, 15.11.2023.
O'qildi: 3302 marta.
Fikrlar: 42 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.