Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Marsel" rahbariyati Gattuzodan mamnun

"Marsel" rahbariyati Gattuzodan mamnun

Baho:
+ | -

Italiyalik mutaxassis Jennaro Gattuzoning "Marsel"ga kelishi natijalarda katta o‘zgarishlarga olib kelmagan bo‘lsa-da, klub rahbariyati undan mamnun va uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, klub prezidenti Pablo Longariya Gattuzoni maqtadi:

"Klubda qattiq qo‘l kerak bo‘lgan paytda paydo bo‘ldi. Jennaro aqlli odam. U men to‘g‘ri deb hisoblagan yo‘nalishni belgilaydi. Biz yangi murabbiy belgilagan tamoyillar atrofida birlashishimiz kerak", - deya Longariyaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Italiyaning ITASportPress agentligi.

Liga 1ning navbatdagi, o‘n uchinchi turida jamoa safarda “Strasbur”ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 05:00, 16.11.2023.
O'qildi: 796 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.