"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga hakamlar qo‘mitasi prezidenti David Gutyeresga murojaat qildi.
"Siz murabbiylardan hurmat so‘raysiz, ammo hakamlarning o‘zi bizni hurmat qilmaydi", - dedi Anchelotti El Chiringuito TV bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, La Ligada hakamlar komissiyasining sobiq vise-prezidenti, “Barselona”dan pora olganlikda ayblanayotgan Xose Negreyra atrofida shov-shuvli sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Oktyabr oyida Negreyra suddan ruhiy salomatligi holatini hisobga olib, jinoyat ishidagi ishtirokini istisno qilishni so‘ragan.