Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Anje Postekoglu jamoaning yetakchi futbolchisi Jeyms Meddisonning jarohati haqida gapirdi.
«Meddison uchun yaxshi yangilik emas. Uning to‘pig‘i jarohatlangan. Katta ehtimol bilan u bu yil boshqa maydonga tushmaydi», - deydi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Meddison yozgi transfer oynasida Londonga «Lester»dan ko‘chib o‘tgandi. Bitim summasi 46 million yevroni tashkil etdi.