"Barselona" tarbiyalanuvchisi Lamin Yamal yana bir bor o‘zini ko‘rsatdi. Xabarlarga ko‘ra, Yamal Ispaniya terma jamoasi safida yana bir bor golga mualliflik qilgan. 16 yoshli hujumchi Kipr bilan kechgan safar bahsida 5 daqiqadayoq hisobni ochgan.
Yamal o‘tgan oyida Gruziyaga qarshi o‘yinda Ispaniya tarixidagi gol urgan eng yaxshi futbolchiga aylangandi. Kecha Ispaniya Kiprni 3-1 hisobida taslim etdi.