Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya - Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya - Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr

Isroil klublarining yevrokuboklardan o‘yinlari qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Isroil klublarining yevrokuboklardan o‘yinlari qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Makkabi Xayfa" va "Makkabi Tel-Aviv" klublari bu yil Yevropa kubogi uchun qolgan uy uchrashuvlarini Serbiyada o‘tkazishadi, deya xabar beradi UYEFA rasmiy sayti. Avvalroq tashkilot XAMAS bilan qurolli mojaro avj olgani sababli Isroildagi xalqaro o‘yinlarni keyingi ogohlantirishgacha to‘xtatgan edi.

30 noyabr kuni Yevropa ligasining 5-turida "Makkabi Xayfa" Belgraddagi "Rayko Mitich" stadionida "Renn"ga qarshi bahs olib boradi.

"Makkabi Tel-Aviv" va "Zarya" o‘rtasidagi Konferensiyalar ligasining 3-turidan o‘rin olgan boshqa uchrashuv 25 noyabr kuni Bachka-Topoladagi "TSS" stadionida bo‘lib o‘tadi. Isroil klubi 14 dekabr kuni ham u yerda "Gent" bilan 6-tur uchrashuvini o‘tkazadi.

Barcha o‘yinlar tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.

Isroil erkaklar va ayollar terma jamoalari Vengriyaning Felksut shahrida o‘yin o‘tkazmoqda.

Kiritildi: 09:46, 17.11.2023.
O'qildi: 1026 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик