Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Qalban aldash mumkin emas! (video)

Qalban aldash mumkin emas! (video)

Baho:
+ | -

Italiya «A» seriyasi 9-turidan o‘rin olgan «Torino» - «Inter» o‘yini boshlanishidan oldin o‘ta ta’sirli voqelik kuzatildi.

Mehmon jamoa futbolkasida maydonga tushgan yosh yigitcha mutlaqo kutilmagan harakati bilan e’tiborni o‘z tomoniga qaratdi. «Odam o‘zini aldashga qodir emas» tushunchasiga isbot voqea...

Zamonaviy futbolda ibratli an’analar yetarli. Jumladan, har bir o‘yin boshlanishidan avval ikki jamoa futbolchilari yosh o‘g‘il-qizlarni qo‘llaridan tutgan holda maydonga tushishadi. Odatda bu rolga mezbon jamoa tarbiyalanuvchilari yoki mahalliy bolalar jalb qilinadilar. Bolalarni tanlash usullari ham ko‘p. Qaysidir klub 22 nafar omadli bolakayni alohida tanlov vositasida saralab olsa, boshqasi oddiy yo‘ldan borib, o‘z akademiyasida tahsil olayotganlarga professional futbolchilarga hamroh bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi. Ba’zida esa klublar Mehribonlik uylaridan ko‘ngli yarim bolalarni taklif etadi. Oxirgi vaqtlarda esa jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarni chaqirish ham odatga aylanmoqda.

«Torino» va «Inter» o‘rtasidagi o‘yin oldidan esa tashkilotchilar oddiy usulni ma’qul ko‘rib, klub tarbiyalanuvchilariga imkon berishdi. Faqat shunisi borki, ayrim bolalardan raqib jamoa libosini kiyish va «neradzurralar» bilan maydonga tushish talab etildi. Albatta, Lautaro Martines yoki Hoqon Chalxanoglu kabi yulduzlar oldida turish aksariyat bolalar uchun faxr, shuningdek, bir umr esda qoladigan voqea. Lekin hamma uchun shunday emas ekan...

Ta’sirli voqelikka kelsak, «Inter» yarim himoyachisi Raul Bellanova qo‘lini tutgan holda maydonga tushgan va uning yonida turgan bolakay to‘satdan kameralarga qarata «neradzurralar» futbolkasini ko‘tarib, uning ostida «Torino» formasi borligini ko‘rsatdi. U shuningdek, jonajon jamoasi ramzini o‘pish asnosida aslida qaysi tomondan ekanligini bildirib qo‘ydi. Ha, yosh yigitcha bu harakati bilan ommaga qanday forma kiyish muhim emasligi, inson o‘z qalbiga buyruq berolmasligini namoyish etdi chiroyli tarzda. O‘yinga to‘xtalsak, «Torino» o‘z maydonida 0:3 hisobida yengildi, ammo bolakay bu kunni uzoq vaqt eslab qoladi. Axir u qalbi «Torino»ga tegishliligini baralla ko‘rsata oldi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:20, 17.11.2023.
O'qildi: 1629 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик