Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy 1-3 Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya 2-0 Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR 0-1 O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin 1-1 Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston 2-3 Eron
19/11 21:00 Ummon 0-1 Iroq
19/11 21:00 BAA 5-0 Qatar
19/11 23:15 Bahrayn 2-2 Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt 1-1 Iordaniya
20/11 01:00 Boliviya 2-2 Paragvay
20/11 04:00 Kolumbiya 0-1 Ekvador
20/11 05:00 Argentina 1-0 Peru
20/11 05:00 Chili 4-2 Venesuela
20/11 05:45 Braziliya 1-1 Urugvay

Superkompyuter "Arsenal"ga maslahat berdi: Mikel Arteta jamoasini uchta yangi xarid chempionlikka eltadi

Superkompyuter "Arsenal"ga maslahat berdi: Mikel Arteta jamoasini uchta yangi xarid chempionlikka eltadi

Baho:
+ | -

Sun’iy ong "Arsenal"ning hozirgi tarkibida mavjud bo‘lgan eng katta kamchiliklarni ochib berdi. Unga ko‘ra, bu jamoa chempionlikka erishishi uchun qishda uchta xaridni amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Garchand yoz davomida futbolchilar xaridi uchun katta pul sarflaganiga qaramay, ayni damda to‘pchilar "Manchester Siti"ga yetakchilikni boy bermoqda.
Umuman olganda, Mikel Arteta qo‘l-ostida "Arsenal" faqat yuksalib bormoqda. Bu klub o‘tgan mavsumni ikkinchi o‘rinda tugatgan edi. Shu sabab muxlislar o‘z seviklilaridan bu safar chempionlikni umid qilmoqda. Yoz davomida jami 205 million funtga sotib olingan futbolchilarning hammasi ham hozirga qadar muvaffaqiyatli emasligini isbot etdi. Masalan, Deklan Raysdan tashqari Yurriyen Timber, Kay Xavers hamda David Rayyalar unchalik ham o‘zini ko‘rsata olmayapti. Quyida superkompyuter tomonidan taqdim etilgan pozisiyalar va ularni to‘ldirish uchun nomzodlarga nazar tashlaymiz (chap qanot himoya, yarim himoya va hujum).

Pervis Estupinyan – 30 million funt (chap qanot himoyasiga – "Brayton" va Ekvador)

Hozirda "Arsenal" qanotda Zinchkenkodan foydalanadi. Ammo ukrainalikning foydasi aynan qanot uchun sezilmaydi. U asosan maydon markazini egallaydi va hujumni qo‘llab-quvvatlashda asqotadi. Shuningdek, Tomiyasu ham bu pozisiyada o‘ynay oladi. Biroq, u aslida o‘ng tomon vakilidir. Shu sababli jamoaga aynan chap qanotga ixtisoslashgan futbolchi kerak bo‘ladi. Bu vakil esa Estupinyan bo‘lishi mumkin. Estupinyan joriy mavsumda jarohat olganiga qadar, fantastik daraja namoyish etib kelayotgan edi.

Kefren Tyuram – 35 million funt ("Nissa" va Fransiya)

"Arsenal" Tyuram variantini ko‘rib chiqishi kerak, – deydi sun’iy ong. 22 yoshli markaziy yarim himoyachi ayni damda "Nissa" bilan Fransiya chempionligi uchun kurashmoqda. Kefren fransuz futboli afsonasi Lilian Tyuramning o‘g‘li, "Inter" hujumchisi Markus Tyuramning ukasi sanaladi. U yarim himoyadagi harakatlari bilan Liga 1 da ajralib turibdi. Vazifasiga ko‘ra, u bemalol Deklan Rays bilan hamkorlikda tayanch va hujum chiziqlarida bog‘lam bo‘la oladi. U raqib hujumini buzishda o‘ta ustasi farangdir. Tyuram aniq uzatmalari orqali ham hammaning e’tiborini o‘ziga qaratgandi.

Seru Girassi – 15 million funt ("Shtutgart" va Gvineya)

Girassi bu mavsumda Yevropaning top-ijrochilaridan biri bo‘lib turibdi. 27 yoshli hujumchi bu mavsumning 9 ta liga o‘yinida 15 ta gol urishga erishgandi. Unga da’vogarlar ko‘p. Negaki, futbolchining tovon puli juda arzon, atigi 15 million funt.
Girassining o‘yinini ko‘rganlar biladiki, u to‘p bilan ishlashda yuqori texnikaga ega. Shuningdek, jismoniy tomonlama ham baquvvat. Himoyada ham Girassi o‘z yordamini taklif eta oladi. Dribling borasida Girassining statistikalari juda yaxshi darajada. U bilan, "Arsenal" APLni yutishga qodir klubga aylanishi mumkin.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:59, 17.11.2023.
O'qildi: 5553 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.