«Barselona» yarim himoyachisi, avvalroq Angliyada «Manchester Siti»da o‘ynagan Ilkay Gyundogan «shaharliklar»ning «Manchester Yunayted» bilan raqobati haqida gapirdi.
«Manchester oldin qizil bo‘lganmi? Ha, so‘nggi yillarda u ko‘k rangga aylandi. Bunday raqobat futbol uchun juda muhim, xuddi Turkiyadagi Istanbul derbisi kabi, u yerda shiddatli raqobat bor.
«Manchester Siti» futbolchisi bo‘lganimda ham «Manchester Yunayted»ning mavsumni yaxshi o‘tkazishini xohlardim», - deya Gyundogan so‘zlarini keltirmoqda Sportx.