Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:30 Atletiko 3-0 Rayo Valyekano
25/04 00:30 Betis 5-1 Valyadolid
25/04 21:30 Al-Hilol 7-0 Kvangju
26/04 05:00 Nottingem Forest - Brentford
26/04 16:30 Chelsi - Everton
26/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Xorazm
26/04 19:00 Mash’al - Surxon
26/04 19:00 Brayton - Vest Xem
26/04 19:00 Nyukasl - Ipsvich
26/04 19:00 Sautgempton - Fulhem
26/04 19:00 Vulverhempton - Lester
26/04 20:15 So‘g‘diyona - Andijon
27/04 00:30 An-Nasr (SA) - Yokogama Marinos
27/04 15:30 Venetsiya - Milan
27/04 15:30 Komo - Jenoa
27/04 18:00 Fiorentina - Empoli
27/04 18:00 Inter - Roma
27/04 18:00 Navbahor - Buxoro
27/04 18:00 Paxtakor - Sho‘rtan
27/04 18:00 Bornmut - Man. Yunayted
27/04 19:15 Vilyarreal - Espanyol
27/04 20:15 Nasaf - Qizilqum
27/04 20:30 Liverpul - Tottenhem
27/04 21:00 Yuventus - Monsa
27/04 21:30 Kavasaki Frontale - As-Sadd
27/04 23:45 Atalanta - Lechche
27/04 23:45 Napoli - Torino

Katanes: "Eronga qarshi, balki saralashdagi barcha jamoalarga qarshi o‘yinlar juda muhim bo‘ladi"

Katanes: "Eronga qarshi, balki saralashdagi barcha jamoalarga qarshi o‘yinlar juda muhim bo‘ladi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Eronga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrini bildirdi.

"Barchaga xayrli kun, terma jamoamiz ertangi o‘yinga tayyor. Nafaqat Eronga qarshi, balki saralashdagi barcha jamoalarga qarshi o‘yinlar juda muhim bo‘ladi. Eronga qarshi o‘yin nafaqat biz uchun balki dunyoning istalgan top jamoasi uchun yetarlicha qiyinchilik tug‘diradi.

Biz so‘nggi o‘yinlarda yetarlicha gol uryapmiz. Eronga qarshi o‘yin o‘zimizning darajamizni bilib olish imkonini beradi. Turkmaniston bilan o‘yindan so‘ng katta muammolar yo‘q. Asosiysi sun’iy maydonda harakat qilgan bo‘lsak-da g‘alabaga erishdik. Tajribamda bir necha bor shunday o‘yinlarda mag‘lub bo‘lgandik, ammo o‘tgan o‘yinda g‘alaba qozondik. Ertaga ajoyib maydonda harakat qilamiz. Eron bilan avvalgi o‘yin o‘rtoqlik maqomida bo‘lib o‘tgandi, ertaga rasmiy o‘yinda o‘zimizni sinab olamiz.

Turkmaniston bilan o‘yinni eslamaslikka harakat qilamiz. Futbolchilar bilan 2 yildan buyon ishlab kelyapman, o‘ylaymanki o‘sha o‘yinda zaxiradan tushgan futbolchilar voqealar rivojini o‘zgartira oldi. Termamizda tajribali va yosh futbolchilar uyg‘unligi bor.

Ertangi o‘yin juda jiddiy bo‘ladi. Futbolchilarda yuqori bosim bo‘ladi. Eron asosan bir xil taktikada harakat qiladi. Ularni ikkita xavfli hujumchisi borligini bilasiz (Azmun, Taremi). Ertaga kim yaxshiroq formada bo‘lsa, o‘sha jamoa g‘alaba qozonadi.

Barcha futbolchilarimdan yuqori samaradorlik kutaman. Futbolchilar o‘zi bilishi kerak, qanday holatda hujumga chiqib, qanday holatda himoyada harakat qilish kerakligini.

Jamoaning harakterini ertaga ko‘rib olamiz. Ular haqida gapirib, ortiqcha bosim ostida qoldirmoqchi emasman. Futbolchilardagi g‘alaba ruhi ularning klublariga ham bog‘liq. Men uchun katta jamoalarga qaraganda kichik jamoalaga qarshi jamoani tayyorlash qiyinroq. Futbolchilarning o‘zi ertaga juda muhim bahs kutib turganini biladi. Ularga ortiqcha motivasiya shart emas".

Masharipov: "Bu o‘yinning darajasi haqida ortiqcha gapirib o‘tmoqchi emasman. Muxlislar bu o‘yinni orzuqib kutyapti deb o‘ylayman. Eronga qarshi o‘yinlarda o‘z maydonimizda qandaydir to‘siq bor, ertaga shu to‘siqni yengib o‘tishga harakat qilamiz".

Kiritildi: 14:06, 20.11.2023.
O'qildi: 3650 marta.
Fikrlar: 42 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz