Kelgusi dam olish kunlari APLning 13-turida “Manchester Siti” “Liverpul” bilan uchrashadi.
Jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi o‘yin 4:1 hisobida “shaharliklar” foydasiga hal bo‘lgandi. Aytish joizki, "Manchester Siti" oxirgi marta 1937 yilda "Liverpul" ustidan APLda ketma-ket ikkita g‘alaba qozongan. Agar Xosep Gvardiola jamoasi g‘alaba qozona olsa, 86 yillik noxush seriyani buzadi.
"Manchester Siti" - "Liverpul" uchrashuvi 25 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi.
Ayni damda "shaharliklar" 28 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, Yurgen Klopp shogirdlari esa bir ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinda bormoqda.