Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy 0-4 Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

O‘FA delegatsiyasi Jahon chempionatini o‘tkazish bo’yicha FIFA va Indoneziya tajribasini o’rgandi

O‘FA delegatsiyasi Jahon chempionatini o‘tkazish bo’yicha FIFA va Indoneziya tajribasini o’rgandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, kelasi yili O‘zbekiston arenalari futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Ayni paytda O‘FA va FIFA vakillari musobaqa tashkiliy qo‘mitasini shakllantirib, futzal bo‘yicha mundialga hozirlik ishlarini boshlab yuborgan.

Musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha tashkilotchilik tajribasi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida FIFA vakillari O‘FA mutaxassislarini hozirda Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan U-17 Jahon chempionatiga taklif etdi.

O‘FA ishchi guruhi U-17 JCH o‘tkazilayotgan shaharlarda bo‘lib, FIFAning musobaqa uchun qarorgohi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mundialning tashkiliy masalalari, jumladan stadionlarda amalga oshirilgan tayyorgarlik jarayoni, muxlislar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ishtirokchi jamoalarga taqdim etiladigan qulayliklar, stadionlar va mezbon shaharlar bo‘ylab amalga oshirilgan targ‘ibot ishlari, turnir vaqtida shaharlararo transportni yo‘lga qo‘yish, marketing va media tadbirlarini o‘tkazish, uchrashuvlarni butun dunyoga efirga uzatadigan translyatsiya markazi faoliyati o‘rganildi.

FIFA mutaxassislari bilan ko‘ngillilar (volontoyorlar) dasturini yo‘lga qo‘yish, qolaversa musobaqa uchrashuvlarini o‘tkazishdagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli jihatlar yuzasidan fikr almashildi.

Mahalliy tashkiliy qo‘mita a’zolarining malakasini oshirish, FIFA va Indoneziya futbol assotsiatsiyasi vakillari bilan tajriba almashish maqsadida tashkil qilingan ushbu safar FIFA bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ko‘plab loyihalardan biridir.

Shuningdek, O’FA mutaxassislari bugun bo’lib o’tadigan O’zbekiston - Angliya o’smirlar terma jamoalari o’rtasidagi chorak final bahsini tashkil etishda FIFA mas’ullariga ko’maklashadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 08:38, 22.11.2023.
O'qildi: 1358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.