Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Laziz Mirzayev: «Katta o‘yinlarda hal qiluvchi gollarni urishni doimo istardim»

Laziz Mirzayev: «Katta o‘yinlarda hal qiluvchi gollarni urishni doimo istardim»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi sardori Laziz Mirzayev JCHning nimchorak final bosqichida bo‘lib o‘tgan Angliyaga qarshi o‘yindan so‘ng FIFA matbuot xizmatiga intervyu berdi.

"Biz xalqimiz uchun, butun O‘zbekiston uchun o‘ynayapmiz. Bu bizga ulkan motivasiya beradi. Yurtimiz sharafini himoya qilish bizga yoqadi. Chempion bo‘lish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Angliyaga qarshi o‘yinda bor kuchimizni berib o‘ynadik. Keyingi bosqichda ham shunday qilamiz", — dedi Mirzayev.

17 yoshli futbolchimiz Angliya terma jamoasi darvozasiga jarima zarbasidan urgan goli haqida fikr bildirdi.

"Sardor sifatida jamoaning qiyin pallasida yordam berishim kerak. Ruhiy jihatdan kuchli bo‘lish lozim. Men bor kuchim bilan shunga intilaman. Katta o‘yinlarda hal qiluvchi gollarni urishni doimo istardim. Bu ajoyib.

Katta bosqichni bosib o‘tdik. Har bir bahsda bor kuchimizni berib harakat qilyapmiz. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman", — dedi O‘zbekiston U17 terma jamoasi yarim himoyachisi.

Lazizning futboldagi kumiri Krishtianu Ronaldu hisoblanadi va u ham portugaliyalik o‘yinchi ham taniqli bo‘lishni istaydi. Bu haqda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi yordamchi murabbiyi Anvar Rahimov quyidagilarni aytib o‘tdi:

"U supero‘yinchi, mehnatkash va bizning sardor. Yaqin yillarda biz uchun Angliya premyer-ligasi kabi kuchli chempionatlarda ko‘rishimiz mumkin. Tarkibimizda yaxshi o‘yinchilar ko‘p, Lazizbek esa ulardan biri".

Manba: fifa.com
Kiritildi: 08:03, 23.11.2023.
O'qildi: 3145 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.