Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Kazemiro Saudiyaga jo‘nab qolish haqida o‘ylay boshladi

Kazemiro Saudiyaga jo‘nab qolish haqida o‘ylay boshladi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro o‘z rejalarini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

Avvalroq braziliyalik futbolchi "qizil iblislar"ni tark etish niyatida emasligi va faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishdan manfaatdor emasligi haqida xabar berilgandi. Jurnalist Xorxe Pikonning yangi ma’lumotlariga ko‘ra, vaziyat o‘zgarishi mumkin: Kazemiro Saudiya klublaridan biriga o‘tish haqida allaqachon o‘ylay boshlagan. 31 yoshli yarim himoyachi "Manchester Yunayted"ni tark etishga tayyor, ammo buning uchun eng yaxshi vaqt qachon kelishini hozircha bilmaydi. Futbolchi mavsum oxirida Angliyani tark etishi mumkin.

Kazemiro joriy mavsumda Erik ten Xag jamoasi safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ekspertlari futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:55, 23.11.2023.
O'qildi: 1573 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик