Stiven Kenni Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi, deya xabar beradi Irlandiya futbol assosiasiyasi (FAI) matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, FAI kengashi Irlandiya terma jamoasining Yevro-2024da ishtirok eta olmagani munosabati bilan shunday qarorga kelgan.
Saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra, Irlandiya 6 ochko bilan "B" guruhida 4-o‘rinni egalladi.