Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev: "Boshkovich meni ustoz deb bilmasa kerak"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Boshkovich meni ustoz deb bilmasa kerak"

Baho:
+ | -

Superliganing 25-turidan o‘rin olgan "Nasaf" – "So‘g‘diyona" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Raqib 1 ochko olishni istagan edi. Bizning vazifa esa ularning ushbu rejasini buzishdan iborat edi. Gol kiritganimizda, o‘yin biroz yengil o‘tardi. Afsuski, bu amalga oshmadi. "So‘g‘diyona" qanchalik vaqt cho‘zgani yoki durang uchun harakat qilgani haqida, gapirmasam ham bo‘ladi. Bu hech bir jamoaga yarashmaydi.

Yetakchilarning ba’zilari yo‘qligi va Nasrullayevning jarohat olib maydonni tark etishi rejalarimizni o‘zgartirib yubordi. Shunga qaramay, ikkinchi taymda raqib jarima maydoni atrofida bosim uyushtira oldik, ammo qulay vaziyatlardan foydalana olmadik. Shifokorlarning ta’kidlashicha, Sherzodning burni shikastlangan. Umid qilamanki, Al Faysaliga qarshi bahsda jamoamizga yordam bera oladi.

Boshkovich meni ustoz deb bilmasa kerak. U "Nasaf"da o‘ynagan vaqtda men yordamchi murabbiy edim. Bosh murabbiy bo‘lganimda esa u jamoani tark etgan edi. "So‘g‘diyona" bizning g‘oyamizni o‘rganib, bizdan ustunlik qildi deb o‘ylamayman. Bizga qarshi ko‘plab jamoalar aynan shunday harakat qilishadi. Vaziyatlarimizni golga aylantirganimizda, hozir bu haqida gaplashib o‘tirmagan bo‘lar edik.

Superligada bundan ham yaxshiroq qatnashishimiz mumkin edi. Ba’zi bellashuvlarda barqarorlik yetishmadi. Medallarga ega chiqishimiz kerak. Faqat chempionatni emas, umumiy mavsum haqida gapirsak, bu yil Nasaf uchun eng har yilgidan ham yaxshi o‘tdi”, – dedi Berdiyev.

Kiritildi: 21:37, 23.11.2023.
O'qildi: 3717 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.