Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Ashurmatov: «Fayzullayev Rossiyada ko‘p qolib ketmasa kerak, u Yevropaga ketishni istaydi»

Ashurmatov: «Fayzullayev Rossiyada ko‘p qolib ketmasa kerak, u Yevropaga ketishni istaydi»

Baho:
+ | -

Rossiyaning «Rubin» klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov SSKA hujumchisi Abbosbek Fayzullayev haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Fayzullayev SSKAda shunday tarzda o‘ynab ketishini kutganmidim? Yo‘q, u darhol asosiy tarkibda o‘ynab ketadi, deb o‘ylamagandim. Albatta, meni uni yaxshi bilardim, u juda iqtidorli o‘yinchi. Ammo uning keskin starti men uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Hattoki O‘zbekistonda ham uning tezda bu darajaga chiqib olganidan hamma xayratda.

RPLning boshqa klublari ham o‘zbekistonlik o‘yinchilarni diqqat bilan kuzatishadimi? Eldor Shomurodov "Rostov"da o‘z mahoratini namoyish etganidan keyin Rossiyaning barcha klublari skautlari anchadan beri futbolchilarimizni kuzatib boryapti. «Rubin» bir yil avval 19 yoshli Umarali Rahmonaliyev bilan shartnoma imzoladi. Ammo Abbosdan keyin Rossiyaning yana ko‘plab skautlari O‘zbekiston bo‘ylab futbolchilarni qidirishadi.

Abbos Yevropada o‘zini ko‘rsata oladimi? Ha, bunga shubha qilmayman, ammo u Yevropaga yo‘l olishi uchun biroz erta. Rossiyada kamida bir yil o‘ynashi kerak. Hozirda eng muhimi — shoshilmaslik. Hammasini yig‘ishtirib Yevropaga ketsa, unga qiyin bo‘ladi. Hali o‘sishi kerak bo‘lgan jihatlari bor. Keyin esa Abbos Yevropada yaxshi faoliyatni yo‘lga qo‘ya oladi.

U Rossiyada ko‘p qolib ketmasa kerak. U Yevropada o‘ynashni istaydi. U endi 20 yoshga to‘lgan. Ammo u Rossiyada o‘z darajasini yaxshi saviyaga ko‘tarishi mumkin», – dedi Ashurmatov.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 20:42, 24.11.2023.
O'qildi: 3401 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик