Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Tuxel nima uchun zaxira futbolchilarini maydonga tushirmaganligiga izoh berdi

Tuxel nima uchun zaxira futbolchilarini maydonga tushirmaganligiga izoh berdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Bundesliganing 12-turi doirasidagi "Kyoln" ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.

Tuxel bu o‘yinda birorta ham almashtirishni amalga oshirmadi. Bundesliga o‘yinida hech qanday almashtirishni amalga oshirmagan so‘nggi "Bavariya" murabbiyi 2010 yilning 11 dekabrida "San-Pauli" bilan o‘yinda (3:0) zaxira futbolchilari xizmatisiz harakat qilgan Lui van Gal edi.

"Biz birinchi bo‘limni juda yaxshi o‘tkazdik va bir qator birinchi darajali vaziyatlarni yaratdik. Odatda bizning asosiy kuchimiz ularni amalga oshirishdir. Ammo bugun hisob atigi 1:0 edi, shuning uchun diqqatimizni jamlab, o‘yinni nazorat qilishimiz kerak edi.

Almashtirmaslik haqidagi qarorga kelsak, bu biroz yomon chiqdi. Zaxira o‘yinchilariga ishonmaganim uchun emas, yaxshi o‘ynaganimiz uchun. Biz o‘yinni juda yaxshi nazorat qildik.

Chupo Keyn bilan yaxshi o‘ynadi. Men Myullerni o‘yinga qanday qo‘shganim haqida o‘yladim. Men Tel yoki Gerreyroga bir necha daqiqa berishni ham o‘yladim, ammo hisob juda xavfli edi. Men ritmni buzishni xohlamadim.

Odatda bunday bo‘lmaydi, shuning uchun men zaxiradagi futbolchilardan uzr so‘radim. Ularning hammasi kayfiyatini ko‘tarib, mendan g‘azablanmasliklari kerak", - dedi Tuxel Bayern & Germany bilan suhbatda.

Kiritildi: 09:27, 25.11.2023.
O'qildi: 582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик