Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/10 00:45 Atalanta 2-0 Monsa
31/10 00:45 Yuventus 2-2 Parma
31/10 18:15 Paxtakor 3-1 Andijon
31/10 22:30 Jenoa 0-1 Fiorentina
01/11 00:45 Komo 1-5 Lasio
01/11 00:45 Roma 1-0 Torino
02/11 01:00 Alaves - Malyorka
02/11 17:30 Nyukasl - Arsenal
02/11 18:00 Osasuna - Valyadolid
02/11 20:00 Bornmut - Manchester Siti
02/11 20:00 Ipsvich - Lester
02/11 20:00 Liverpul - Brayton
02/11 20:00 Nottingem Forest - Vest Xem
02/11 20:00 Sautgempton - Everton
02/11 20:15 Jirona - Leganes
02/11 22:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
02/11 22:30 Vulverhempton - Kristal Pelas

Jerar Pike: «O‘zimni 6-qavatdan tashlardim, agar...»

Jerar Pike: «O‘zimni 6-qavatdan tashlardim, agar...»

Baho:
+ | -

Kataloniya futboli faxri Jerar Pike yaqinda Barselonada faoliyat yuritadigan mashhur RAC1 radiostansiyasi mehmoni bo‘ldi.

Yaqin o‘tmishning nomdor himoyachilaridan biri suhbat jarayonida asosan «Barselona» va «Real Madrid» raqobatiga to‘xtaldi, yana shaxsiy hayoti haqida ham gapirdi.

- Ochig‘ini ayting, futbolni qanchalik sog‘indingiz?

- Ha, futbolga daxldor barchasini qo‘msayapman - musobaqalar, kiyinish xonasi muhiti, hattoki, mashg‘ulotlar jarayonini. Rasmiy o‘yinlar taftini ham rosa sog‘indim, albatta. Lekin mana, 1 yildan oshdiki, sport bilan shug‘ullanmayapman. To‘g‘ri, qat’iy rejim bo‘lmasada, kun tartibi va ovqatlanish me’yoriga bee’tibor emasman. Ayniqsa, «Kamp Nou»dagi g‘alabalar sog‘inchi kuchli, lekin qarorimdan sira afsuslanmayman. Hayot qonuni shu - hech narsa abadiy emas. Muhimi, faoliyatimdan chinakamiga faxrlanaman. Oldin hamisha ko‘pchilik diqqat markazida bo‘lardim. Vaqt o‘tishi bilan bunday e’tiborga ko‘nikib borasiz. Deylik, oxirgi yillar o‘z haqimda aytilgan va yozilgan narsalarga umuman befarq qarashni o‘rgandim. Oddiy aytganda, meni yaqindan bilmaydigan odam yaxshi yoki yomon ta’rif bersa, bunga umuman ahamiyat qaratmayman. Bunday holatda menga farqi yo‘q, o‘sha inson uchun shunchaki, o‘z talqinidagi qahramon yoki antiqahramonman...

- Hozirgi «Barselona» va «Real»ni o‘zaro taqqoslasak, «blaugrana» kichik inqirozni boshdan o‘tkazayotgandek...

- Ochig‘i, oxirgi vaqtlar o‘yin­larni uncha ko‘rmayapman. Jumladan, o‘sha «Real»ni ham kuzatayotganim yo‘q. Umuman, faoliyatimni yakunlaganimdan buyon asosan «Barselona» o‘yinlari natijasiga qiziqyapman. To‘g‘ri, ba’zida «Barsa» ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qilishim mumkin. Ishlar yaxshi ketmayotganida, tanqidlar ko‘payishi esa tabiiy hol. Chunki klubga nisbatan doimo yuqori talab mavjud. Bunga odatlanganlar bitta g‘alaba yetarli emasligini yaxshi bilishadi. Xususan, oxirgi daqiqadagi gol evaziga g‘alaba qozonish «Kamp Nou»ni chinakamiga quvontirolmaydi. «Barsa»ning og‘ir ahvoli «Real» tarafdorlariga xush yoqar balki, ammo biz jamoamizga ishonamiz. 

- Jamoadagi yoshlik shijoati va tajriba uyg‘unligi haqida nima deysiz?

- «Barselona»da bunday uyg‘unlik hamisha barqaror. Men jamoa safiga qo‘shilgan vaqtda shunday edi, hozir ham umumiy holat o‘zgarmagan - ajoyib muvozanat. To‘g‘ri, nyuanslar ham yetarli: tarbiyalanuvchilardan iborat raqobatbardosh guruh shakllanishi kerak. Bugun shunday guruh toblanmoqda. Har holda, tarkibda kechagina filialda o‘ynab yurgan yosh yigitchalar ko‘p. Faqat ular endi barqaror tarzda oldinga siljishsa, bas.

- Aytgancha, «Barselona» prezidenti bo‘lish xohishingiz bor edi.

- Juda qiyin. Agar bu lavozimda nima olib, nima yo‘qotishingizni o‘lchasangiz, doimo minusda qolasiz. Lekin klubning menga mehnati ko‘p singgan va agar u yordamimga ehtiyoj sezsa, barchasiga tayyorman. Qaytaraman, prezident roli juda ko‘p qurbonliklar talab qiladi, bunda qandaydir moliyaviy yoki boshqa foydani ko‘zlamasdan o‘zingizni butunlay klubga bag‘ishlashingiz shart. Bordiyu, biror narsa noto‘g‘ri ketsa, kaltak avvalo, prezident boshida sinadi. Qisqasi, bu murakkab missiya. Lekin faqat «Barselona» tufayli shunday ishga sho‘ng‘ishim mumkin, chunki «blaugrana»dan qarzdorman.

- «Negreyra ishi» yuzasidan gapirsangiz...

- Bilishimcha, tergov ishlari oraliq bosqichda, hammasi oxirida aniq bo‘ladi. O‘zi uzoq yillardan buyon shunday bosim ostida yashab kelmoqdaman. Hakamlar yordami bilan g‘alaba qozonganimizni aytishayotgani esa juda og‘riqli dahshat. Axir ko‘plab o‘yinlarda raqibga aytarli imkon qoldirmay, yirik hisoblarda ustun kelganmiz. Endi birdan hammasi ostin-ustun bo‘lib ketmoqda... Ijtimoiy «madridizm»? Tan olish kerak, Ispaniyada «Madrid» tarafdorlari «Barsa»nikidan ko‘p. Biz esa hamisha «Real» oldiga to‘siq qo‘yadigan kuch sifatida gavdalanganmiz. Qisqasi, «Barsa»ni yomon ko‘rishlari bejiz emas.

- «Jirona»ning hozirgi yutuqlari sizda qanday taassurot uyg‘otmoqda?

- Bu qo‘rqinchli, xuddi «Les­-ter» mo‘’jizasiga o‘xshaydi. Mohiyatan olganda, «Jirona» - noyob loyiha. Jamoa o‘yini, kombinasiyalari aqlga sig‘mayapti. «Madrid»chi? U hamon hech narsani qoyillatmaydi, ammo chempionlik poygasida va CHLning hal qiluvchi bosqichlariga yetib boradi. Har doim bir gapni takrorlayman: bizning munosabatimiz va g‘alaba uchun qanchalik harakat qilganimiz abadiy esda qoladi. «Real» CHLda oxirgi marta mo‘’jiza tufayli g‘alaba qozondi, lekin buni hech kim eslab qolmaydi.

- Vinisius va Bellingem...

- Har doim shunday futbolchilarga qarshi o‘ynashni qadrlaganman. Juda diqqatli bo‘lish talab etilardi, lekin menga ayni murakkablik yoqadi. Hayot turli bosqichlardan iborat. Bellingemmi? «O‘yinchi», uhh, juda ko‘p qirrali, hammasini uddalaydigandek...

- Qirollik ligasi yangi evolyusion bosqichmi?

- Ikki parallel dunyoda yashayotganimizni tushunishimiz kerak. Hozir ota-onalar va bolalar ishlarining bir-biriga hech qanday aloqasi yo‘q. Chunki an’anaviyga parallel zamonda yashayapmiz. Oldimizda esa o‘tmishning bir qismiga aylangan ko‘plab odamlar bor. Demoqchimanki, professional daraja juda katta auditoriyaga ega, boshqa tomondan qarasak, 40 yoshdan oshgan avlod nima qilishini bilmaydi ham. Menimcha, vaqt o‘tishi bilan hammasi asta-asta o‘zgaradi. Qisqasi, Qirollik ligasi ma’lumot iste’molining yangi usuliga moslashish uchun tuzildi. Axir hozirda yoshi katta odamlar uzoq kontentni idrok etishda ancha qiynalishadi.

- Endi Meksikada nima bo‘lganiga to‘xtalsangiz...

- Sahna ostida 2 metrdan ham uzun chuqurlik bor ekan, unga yiqilib tushdim. Xayriyatki, oyoq bilan tik tushdim. Qaysidir ma’noda menga omad kulib boqdi. Bularning barchasi oldindan rejalashtirilgan, menimcha. Har holda, video chinakam virusga aylandi-ku!

- Shaxsiy hayotda ishlaringiz qanday?

- Ommaviy axborot vositalarining e’tibori pasaymoqda. Bu juda ajoyib - hammasi soat kabi. Har doim o‘zim va atrofim uchun zarur ishlashni amalga oshirishga urinaman. Siz haqingizda nimalar deyishayotganini bilishingiz muhim, lekin bunga ortiqcha e’tibor zararingizga ishlaydi. Yo‘limda paparassi paydo bo‘lsa, o‘zimni uni ko‘rmayotganlikka solaman. Chunki paparassi sizga ta’sir qilish, zarar yetkazishni xohlaydi, buni uddalay olmasligini ko‘rganida esa... Agar hayotimning eng qiyin davrida mutlaqo notanish insonlarning men haqimda aytganlariga e’tibor qarataversam, o‘zimni 6-qavatdan tashlardim. Odamlar boshdan kechirganlarimning 10 foizini ham bilishmaydi...

- Siz haqingizda nimalar deyishayotganini bilishingiz muhim, lekin bunga ortiqcha e’tibor zararingizga ishlaydi. Yo‘limda paparassi paydo bo‘lsa, o‘zimni uni ko‘rmayotganlikka solaman. Chunki paparassi sizga ta’sir qilish, zarar yetkazishni xohlaydi, buni uddalay olmasligini ko‘rganida esa... Agar hayotimning eng qiyin davrida mutlaqo notanish insonlarning men haqimda aytganlariga e’tibor qarataversam, o‘zimni 6-qavatdan tashlardim.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:54, 25.11.2023.
O'qildi: 3441 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.