Kataloniyaning «Barselona» klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen yana bir bor jamoasi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi.
Jurnalist Aleks Pintanel bergan ma’lumotlarga ko‘ra, nemis bugun jamoaning guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan.
Eslatib o‘tamiz, Ter Shtegen jamoasining Ispaniya chempionatidagi «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuborgandi.