Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

"Barselona" yanvar oyida sotib olishi mumkin bo‘lgan futbolchilar nomi ma’lum bo‘ldi

"Barselona" yanvar oyida sotib olishi mumkin bo‘lgan futbolchilar nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes qishki transferlar oynasida jamoaga yangi nomlar olib kelinishini bildirgandi. Gavi butun mavsumga safdan chiqqach, bu masala yanada aktuallashdi. Qolaversa, jamoaning so‘nggi natijalarini zo‘r deb bo‘lmaydi. Shu sababli, bir nechta pozisiyalar kuchaytirilishi kerak. Quyida kataloniyaliklar radarida turgan futbolchilarni bilib olasiz.

Vitor Roke

Aslini olganda, Roke borasida hamma narsa hal qilib bo‘lingan. U keyingi mavsumdan jamoada bo‘lishi kerak. Ammo Gavining jarohati sababli bu ish ertaroq ham amalga oshib qolishi mumkin. 18 yoshli yarim himoyachi hozirda "Atletiko Paranaense" safida ijara asosida harakat qilib turibdi. Uning kelishi esa yanvar oyiga ko‘chiriladi.

Artur Vermeren

"Antverpen" yarim himoyachisi allaqachon katta jamoalar qiziqishlari doirasida turibdi. U sobiq "Barselona" yulduzi Mark van Bommel ustozligi ostida harakat qiladi. Vermerenga "Barsa"dan ham qiziqishlar bo‘la boshladi. Ammo 18 yoshli yarim himoyachining xaridi oson kechmaydi. Negaki, unga "Arsenal", "Liverpul" va "MYU" ham da’vogarlik qilmoqda. Vermeren uchun APL klublari 20 million yevro taklif etgani haqida xabarlar mavjud.

Yen Matsen

Xavi Matsenni shaxsan kuzatib kelmoqda. Chap qanot himoyachisi doimo o‘zidan yaxshi taassurot qoldirgan. Ammo niderlandiyalik futbolchi Pochettino jamoasida maydonga tushirilmayapti. Shu sababli qishda "Chelsi" Matsenni sotuvga qo‘yishi mumkin. U o‘tgan mavsumda "Byornli" safidagi ajoyib harakatlari bilan ajralib turgandi.

Jeydon Sancho

Sancho Erik ten Xag bilan kelishmovchilikdan keyin jamoadan ketishi aniq bo‘lib ulgurdi. Bitta masala qoldi. U ham bo‘lsa, hujumchi keyingi manzil sifatida qayerni tanlashidir. Sanchoga hozir "Borussiya Dortmund" va "Yuventus" asosiy da’vogarlar sifatida ko‘rilmoqda. Ammo "Barselona" ham 22 yoshli vinger ahvolini jiddiy kuzatib turibdi. Kutilmaganda, Xavidan ham yurish bo‘lib qolishi mumkin. Sancho esa qayerga borishidan qat’iy nazar, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak.

Luis Dias

Luis Diasni "Barselona"ga o‘tishi asosan mish-mish xabarlarda o‘z aksini topmoqda. Bunday xabarlar tarqalishiga esa futbolchining otasi "Barsa" muxlisi ekani sabab bo‘lgan. Janob Dias bir umr Kataloniyaga borishni orzu qilgan. Reallikka qaraydigan bo‘lsak, Dias hech qayoqqa ketmaydi. Uning 2027 yilga qadar mo‘ljallangan bitimi bor. Ammo "Barselona" Dias o‘rniga Rafinyani taklif etishi ham mumkin. Shunday holatda, nimadir sodir bo‘ladi.

Jovanni Lo Chelso

Lo Chelso, oldin ham xabar berilganidek, Gavi o‘rnini to‘ldirish uchun sotib olinishi mumkin. 27 yoshli yarim himoyachi "Tottenxem"da o‘z o‘rniga ega emas. Shu sababli u yana La-ligaga qaytishga qarshi bo‘lmaydi. Argentina terma jamoasi a’zosi bundan oldin "Vilyarreal" hamda "Real Betis"da o‘ynagan. Shunday ekan, Lo Chelsoga Ispaniya futboli tanish. "Barselona" esa uni mavsum oxiriga qadar ijaraga olishi mumkin.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 11:40, 27.11.2023.
O'qildi: 4052 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.