Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-0 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-1 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Jorje Jezush: «Ertaga bizga oson bo‘lmaydi, deb o‘ylayman»

Jorje Jezush: «Ertaga bizga oson bo‘lmaydi, deb o‘ylayman»

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi, 5-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Al-Hilol” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Jorje Jezush va tajribali darvozabon Yassin Bunu qatnashib, OAV xodimlarining savollariga javob berishdi.

– Jamoaning bo‘lajak o‘yinga tayyorgarligi qanday bo‘ldi?
Jorje Jezush: – Har bir uchrashuvga bo‘lganidek, ushbu bahsga ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Boisi, bu o‘yin odatiy jiddiy bellashuvlar kabi yuqori ahamiyatga ega bo‘lgani uchun tayyorgarlik jiddiy bo‘ldi.

– Saudiyadagi bahsda “Navbahor” jamoangizga jiddiy qarshilik ko‘rsatgan edi. Bo‘lajak o‘yindan nimalar kutyapsiz hamda “Navbahor”ni qanchalik o‘rgandingiz?
Jorje Jezush: – Xabaringiz bor, ertangi uchrashuvda guruhimizning ikkita eng kuchli jamoalari to‘qnash keladi va bu o‘yin muxlislarga ham qiziq bo‘ladi. Shuning uchun ertaga bizga oson bo‘lmaydi, deb o‘ylayman.

­– Neymarning jarohat olgani jamoaning ichki chempionat hamda OCHL o‘yinlaridagi natijalariga qanchalik ta’sir o‘tkazmoqda?
­Jorje Jezush: – Neymar bizning muhim futbolchimiz. Afsuski, hozir u safimizda yo‘q. Neymar nafaqat ertangi, balki, keyingi ko‘plab bahslarda bizga yordam bera olmaydi va ko‘proq muddatga safdan chiqqan. Lekin shunday bo‘lsada, jamoa Neymarsiz ham o‘ynay oladi, deb o‘ylayman.

– Ertangi o‘yinda “Al-Hilol” legionerlar limitidan to‘liq foydalanadimi yoki mahalliy futbolchilarga ko‘proq  urg‘u beriladimi?
­Jorje Jezush: – Jamoamizning taqvimi juda ham tig‘iz. Shu bois, bizda shunday holatlar bo‘lyaptiki, ba’zida rotasiyalarni amalga oshirishga  majbur bo‘lyapmiz. Ertangi uchrashuvda qanday tarkibda o‘ynashimizni o‘yin vaqtida bilib olasiz.

– “Navbahor”ning ayni paytdagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz hamda hamkasbingiz O‘tkir Yusupov haqida qanday fikrdasiz?
Yassin Bunu: – Avvalo darvozabon haqida gapiradigan bo‘lsam, Saudiyadagi o‘yinda O‘tkir Yusupov menda juda yaxshi taassurot qoldirgan edi. Bilishimcha, u yaxshi darvozabon. “Navbahor”ga kelsak, ertangi raqibimiz ham yaxshi shakllangan jamoa.

Menimcha, ertaga jiddiy qarshilikka uchraymiz. Namanganga kelganimdan va ertangi o‘yinda ishtirok etishimdan juda xursandman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:06, 27.11.2023.
O'qildi: 2596 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.