Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

Joriy mavsumning top-5 chempionatlardagi to‘purarlari: Keyn Xoland va Mbappedan ustun

Joriy mavsumning top-5 chempionatlardagi to‘purarlari: Keyn Xoland va Mbappedan ustun

Baho:
+ | -

2023/24 yilgi mavsum so‘nggi 20 yilda ilk bor Yevropada Messi yoki Ronaldusiz o‘tmoqda. Bu ikkisi ko‘p yillar davomida o‘zlari harakat qilgan ligalarda to‘purar bo‘lib keldi. Ammo hozir ularning o‘rniga boshqalar bu ishni qilmoqda. Quyida joriy mavsumni ajoyib boshlagan yulduzlar nomi keltiriladi. Albatta, ular eng ko‘p golga mualliflik qilgan.


10. Antuan Grizmann – 9 ta

"Atletiko"ning chempionlik kurashida eng asosiy figura bu, shubhasiz Grizmanndir. Diyego Simeone jamoasi usiz ancha qiynalib qolgan bo‘lardi. Eng oxirgi turda ayna  fransuzning yagona goli jamoaga uch ochko keltirgan edi.

9. Yonas Vind – 9 ta

"Volfsburg" so‘nggi beshta bahsda bir ochko oldi xolos. Bu klub ayni damda Bundesligada 8 o‘rinni egallab turibdi. Agarda Daniya terma jamoasi hujumchisi Vind bo‘lmaganida edi, ahvol bundan ham yomon bo‘lardi. Hujumchi bu masvumda butun bir jamoasining yarmidan ko‘p goliga bir o‘zi mualliflik qildi. Vind bu borada 53 foiz bilan Yevropada yetakchiga aylangan.

8. Lois Openda – 9 ta

"Leypsig" o‘zining qisqa tarixi mobaynida ko‘rsatdiki, eng talantli yoshlarni tanlab olishda bu klub ajoyib natijaga ega. Buni 23 yoshli Openda misolida ham ko‘rsak bo‘ladi. U yozda "Lans"dan xarid qilingandi. Yosh hujumchi 9 ta gol bilan jamoasida to‘purarga aylanib oldi.

7. Muhammad Saloh – 10 ta

"Liverpul" yulduzi 2017 yildan beri doimo shu kabi ro‘yxatlardan joy olib keladi. Shu sababli misrlikni bu yerda ko‘rish odamni ajablantirmaydi. Saloh 13 ta o‘yinda 10 ta gol va 4 ta assistga mualliflik qildi. Shunchaki, fantastik barqarorlik!

6. Jud Bellingem – 11 ta

Bellingem La-ligada qanday start olganini hamma yaxshi biladi. U dastlabki 10 ta bahsda 10 ta gol bilan Ronaldu natijasini takrorlagandi. 20 yoshli yarim himoyachi uchun bu aqlbovar qilmaydigan natija. Bellingemning o‘zi "Barselona"ga qarshi o‘yinni hal qilib qo‘ya qolgandi.

5. Lautaro Martines – 13 ta gol

Argentinalik hujumchi bu mavsumni yondirmoqda. "Inter"ga hozir yangi hujumchining keragi yo‘q. Martines 13 ta turda 13 golga mualliflik qildi. Jahon  chempionining "Yuventus"  "Atalanta" va "Fiorentina"ga qarshu gollari juda muhim pallalarda kiritildi. "Salernitana"ga qarshi 35 daqiqada 4 ta gol esa, shunchaki dahshat edi!

4. Erling Xoland – 14 ta

Xolandni bu kabi ro‘yxatlarda ko‘rish hayratlarga ortiq sabab bo‘la olmaydi. Norvegiyalik robot bu mavsum ham APL "oltin butsa"sini olish uchun asosiy da’vogar. Uning jamoasi esa chempionlik uchun! Agarda u Yevropada ham tengsiz to‘purar bo‘lmoqchi bo‘lsa, u holda yaxshiroq harakat qilishi kerak. Negaki, unga bu borada yetarlicha raqobatchilar topiladi.

3. Kilian Mbappe – 14 ta

Mbappe 2017 yildan beri har mavsumda o‘rtacha 24 ta gol urib kelmoqda. Hozirda "PSJ"da Messi va Neymar yo‘q. Shu sababli Mbappening o‘zi hammasini eplashi kerak. U 12 ta turda 14 ta golga mualliflik qildi. Bu ketishda ko‘rsatkichlar faqat oshib boradi.

2. Seru Girassi – 15 ta

Girassi bu ro‘yxatdagi eng noma’lum futbolchilardan biridir. U yozda xarid qilingan edi. 27 yoshli hujumchi 10 ta bahsda 15 ta golga mualliflik qildi. Bu esa daqiqasiga gol urish bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biridir. Girassi yanvar oyida "Nyukasl"ga o‘tishi mumkin. Negaki, uning tovon puli atigi 17.5 million funtga teng.

1. Xarri Keyn – 18 ta

Angliya terma jamoasi sardori hozirga qadar Bundesligada 18 ta golga mualliflik qildi. Taqqoslash uchun, Germaniyadagi o‘tgan mavsumda hech bir futbolchi bu ko‘rsatkichga yeta olmagan. Eng ko‘p gol borasida Levandovski rekordga ega va bu rekord 40 tani tashkil etadi. Keyn esa buni yangilash uchun katta qadam bosim bo‘ldi. Uning hisobida 3 ta xet-trik hamda 6 ta assist ham bor.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 12:33, 28.11.2023.
O'qildi: 2644 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.