Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Xoland zo‘rmi yoki Morata?

Xoland zo‘rmi yoki Morata?

Baho:
+ | -

FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan pauza davrida muxlis va mutaxassislar o‘rtasidagi bahs-munozaralar qiziqarli mavzuga sabab bo‘ldi:

Alvaro Morata joriy mavsumda yorqin o‘yin ko‘rsatmoqda, biroq uni Erling Xoland bilan qiyoslash mumkinmi?

Munozarani Diyego Simeone boshlab berdi. «Atletiko» bosh murabbiyi o‘z intervyusida Alvaroning mukammallikka erishgani, xotirjam va mas’uliyatli bo‘lib qolgani va Yevropaning eng yaxshi hujumchilari safiga ko‘tarilganligini ta’kidladi. Shuningdek, uni Xolandga tenglashtirdi. «Ular bir xil saviyadagi o‘yinchilar. Gollar va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha Alvaroni norvegiyalik kasbdoshi bilan yonma-yon qo‘yish mumkin», - dedi Cholo.

Ispaniya terma jamoasining matbuot anjumanida Xoland bilan «Siti»da, Morata bilan terma jamoada to‘p suradigan Rodriga qaysi jamoadoshi kuchliroq, degan savolni berishdi. «Albatta, Morata, - dedi yarim himoyachi. Zaldagilar kulib yuborishdi. Jumladan, Rodrining yonida o‘tirgan Alvaro ham. - Agar jiddiy gapiradigan bo‘lsam, futbolda juda omadim keldi. Alvaro ancha yillardan beri terma jamoada to‘p suradi, endi gollar bobida eng sara hujumchilar safidan joy oldi».

Diplomatlarga xos ustomonlik bilan aytilgan javob. Bir ozdan so‘ng «Siti» vakili Xoland o‘tgan mavsumda «Oltin to‘p»ga munosib o‘yin ko‘rsatganligini e’tirof etdi. Biroq bu ikki hujumchini taqqoslash - qiziqarli mavzu.

Xoland ko‘proq gol urgan, lekin...

• Taqdim etilgan ko‘rsatkichlarga binoan, Morata faqat raqiblarini aldab o‘tish va yuqoridan uzatilgan to‘plarni egallash bobida Xolanddan ustunroq. Qolgan barcha jabhalarda Xolandning natijalari yaxshiroq. Lekin tahlil kompaniyasi faqat chempionat doirasidagi natijalarni hisobga oladi, Alvaro esa YECHLda Erlingdan ko‘proq gol urgan, hozirda 5ta gol bilan nufuzli turnirning eng yaxshi to‘purari maqomida bormoqda;

• Agar Simeone taklif etganidek, faqat raqamlarning o‘zini hisobga olinadigan bo‘lsa, ustunlik baribir Morata tomonida emas. Xoland hisobida 17ta gol bor, Alvaroda esa 12ta. Biroq Erling - «Siti»ning shtatli penalti ijrochisi, «shaharliklar» safidagi 6ta golning 5tasini «nuqta»dan yo‘llangan zarba bilan urgan. «Atletiko»da esa penaltilar uchun Antuan Grizmann javob beradi. Agar faqat o‘yindan urilgan gollarni inobatga olsak, Xoland ham, Morata ham 12tadan gol urishgan. Chinakam tenglik!

• Darvoqe, Rodri tilga olgan statistika xususida. Morata Ispaniya terma jamoasi libosidagi 68ta uchrashuvda 34ta gol urgan. David Vilya rekordigacha (98|59) 25ta gol qoldi. Yana 2-3ta muvaffaqiyatli o‘yin bilan Alvaro Torres (110|38)ni, hatto Raul (102|44)ni quvib o‘tishi mumkin.

Morata mavsumni o‘ta sermahsul o‘tkazmoqda, hatto Xolanddan ham sermahsulroq

O‘z hujumchisini maqtovini Simeone oshirib yuborgan,yubormaganligi va Xolandga tenglashtirgani xususida taniqli mutaxassis Vadim Lukomskiyga murojaat qildik. Marhamat, maestroning javobi bilan tanishing: «Simeone asosiy uslubi - nisbatan kichikroq doiradagi qiyoslash. Faqat o‘z shogirdini rag‘batlantirish uchun o‘rinli yondashuv. Hozir biz start bosqichidamiz, statistika mavsum yakunida ma’lum bo‘ladi. xullas, Cholo haq. Aynan hozirning o‘zida Alvaro Erling bilan bir xil saviyada. Ichki chempionat va YECHLdagi gollarni qo‘shib hisoblaganda, Xoland oldinda, lekin bunga penaltidan urgan gollari evaziga erishgan. Agar penaltilar hisobga olinmasa, Morata ustunlikka ega bo‘ladi. Biroq hisob,kitob qay yo‘sinda bo‘lishidan qat’iy nazar, Cholo haq - ularning saviyalari teng».

Balki «Atletiko» ustozi aynan shu ko‘rsatkichlarni inobatga olgandir. Biroq bu top-hujumchilarga boshqa jihatlar bo‘yicha baho berish ham mumkin. Vadim Lukomskiyning fikr-mulohazalari quyidagicha:

«Xoland nisbatan dominantroq jamoada to‘p suradi, uzatmalari ancha ozroq. Lekin har bir harakati o‘ta xavfli - yoki o‘zi darvozaga zarba yo‘llaydi, yoki samarali uzatmani amalga oshiradi. Moratada esa yordamchi harakatlar ko‘proq. Xolandning maydondagi vazifasi aniq va oldindan belgilab qo‘yilgan. «Siti»ning uslubi norvegiyalik hujumchini sifatli uzatmalar bilan ta’minlashga asoslangan. Morataning vazifasi oldindan belgilangan emas - ko‘proq uzatmalarni qabul qilsada, ularning aksariyati hujumning yakuniy bosqichidan avvalroq ro‘y beradi. Aynan shu jihatda ular o‘rtasidagi tafovut yaqqol seziladi. Birinchisi sermahsullik mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan hujum markazi bo‘lsa, ikkinchisi avvalo Antuan Grizmann uchun qulay vaziyatni yaratib, kezi kelganda o‘zi ham merganlik mahoratini namoyish etadigan o‘yinchi.

Xo‘sh, yana nima deyish mumkin? Hikoyada biz shok-fakt­dan ko‘z yuma olmadik: joriy mavsumda Xoland atigi bir marta ofsayd holatiga tushib qoldi. Uning uslubini inobatga olganda, harakat va yetuklikning yuksak darajasi! Morata bunday o‘ynay olmaydi, uning bitta o‘yindagi ofsayd holati bittadan ko‘proq.

O‘z navbatida Alvaro bir qator ko‘rsatkichlar - yuqoridagi duellar, aldamchi harakatlar va raqib uzatmalarini ilib olishda Erlingdan ustun.

Qisqasi, Simeonening mulohazalarida xatolik yo‘q. Xoland va Morataning joriy mavsumdagi statistik ko‘rsatkichlari juda yaqin. Uslubdagi farqli jihatlari esa yaqqol sezilib turibdi. Ko‘pchilik e’tiboridan chetda qoladigan nozik tafovut shundaki, Erling uchun bu normal daraja hisoblansa, Alvaro uchun - anomal sermahsullik. Bu unga maqtovlar keltirmoqda, lekin butun mavsum shu maromda o‘tishiga kafolat yo‘q».

Manba: sports.ru, 

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 00:30, 29.11.2023.
O'qildi: 1613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.