Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Fayzullayevning rossiyalik futbolchilardan ustunligi nimada ekani aytildi

Fayzullayevning rossiyalik futbolchilardan ustunligi nimada ekani aytildi

Baho:
+ | -

Rossiyaning Futbol24 nashri SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev haqida tahliliy maqola e’lon qildi. Unda o‘zbekistonlik futbolchining ustun jihatlari tilga olingan.

"Fayzullayevning rossiyalik ko‘pgina futbolchilardan asosiy farqi: Abbos, xato qilish ehtimoli yuqori bo‘lishiga qaramay, to‘pni oldinga chiziqqa yetkazaveradi. Buning uchun bosh murabbiy Vladimir Fedotovga olqishlar. Rossiyaning aksariyat jamoalari o‘zbek futbolchisiga bu qadar erkinlik bermagan bo‘lardi. SSKA futbolchisiing uzatmalar aniqligi o‘rtacha 70 foizga teng. Bu esa RPLdagi ko‘p pleymeykerlarning ko‘rsatkichidan past hisoblanadi. Masalan, Klaudinyoda bu ko‘rsatkich 88 foizga teng.

Ha. Abbosning hamma uzatmalari ham manzilga aniq yetib boravermaydi. Ammo yetib borganida esa xavfli vaziyatlar yuzaga keladi.

Fayzullayevning yana bir ustun jihatlaridan biri – mustaqil qaror qabul qilishdan cho‘chimaydi. Buning uchun unda asoslar yetarli. U kuchli zarbaga ega va chap oyog‘ida ham o‘ynay oladi.

Fayzullayev – RPL himoyachilari uchun qo‘qinchli tush. Yakama-yakka vaziyatlarda Abbosdan nima kutishni bilmaysan. U o‘ng oyoqda zarba berib qolishi mumkin, to‘p chap oyoqqa olishi mumkin, to‘xtatishi, aylangan holda hujum boshlab qolishi yoki kesma pas berishi mumkin. Biroz xayol surib qolsang, u sendan o‘tib ketadi va Zabolotniyning boshiga aniq uzatma beradi. Bonus — imkon bo‘lishi bilan kuchli zarba beradi va  to‘pni olis burchakka yo‘naltiradi.

RPL klublaridagi yarim himoyachilarni olib qaraydigan bo‘lsak, bir o‘yinda o‘rtacha zarbalar soni bo‘yicha faqat Klaudinyo va Eduard Spersyan maqtana olishi mumkin", — deyiladi e’lon qilingan maqolada.

Manba: football24.ru
Kiritildi: 18:20, 30.11.2023.
O'qildi: 7614 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.