Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ro‘ziqul Berdiyev: «Kumush medal uchun biz munosib edik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Kumush medal uchun biz munosib edik»

Baho:
+ | -

Superliga 26-turidan o‘rin olgan OKMK – Nasaf (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bugungi o‘yin jangovor tarzda o‘tdi. Ikki jamoa ham g‘alaba uchun maydonga tushdi. OKMK ham, biz ham 3 ochkoga loyiq uchrashuv namoyish etdik. Bizda ham ko‘p vaziyatlar bo‘ldi.

Vodiydagi derbida ham durang natija qayd etilibdi. Kumush medal uchun biz munosib edik, deb o‘ylayman. Bugun ham natija uchun harakat qilgandik. Ammo qiyin bo‘lishi aniq edi.

Ko‘p bahslarda rotasiya qilishga majburmiz. Sababi, oldinda bizni muhim bellashuv kutmoqda. Shunday ekan, tarkibda yo‘qotish bo‘lmasligi uchun asosiy tarkibda o‘zgarishlar qilib turishimiz lozim. Asosan markaz va hujum chizig‘ida rotasiya qilamiz. Chunki shu pozisiyalarda o‘zgarish qilishga imkonimiz bor.

Vise-chempionlik, Kubok va Superkubok qo‘lga kiritilishi – Nasaf tarixida hali sodir bo‘lmagan. Buni takrorlash ham qiyin bo‘ladi. Shu tufayli, men ishonch bilan ayta olamanki, bu mavsum biz uchun eng yaxshisi bo‘ldi.

Chempionlik poygasida oxirigacha qatnasha olmaganimizning bir qancha sabablari bor. Birinchidan, ayrim muhim o‘yinchilarimizni yo‘qotdik. Yana ba’zi legionerlar transferida omadsizlikka uchradik. Qolaversa, barqarorlik, mahorat yetishmasligi kabi holatlar ham maksimal ijobiy natija qayd etilmaganiga sabab bo‘ldi.

Joriy mavsum Nasaf’ga 5 ballik tizimda 5 baho qo‘ya olaman. Negaligini yuqorida aytib o‘tdim» – dedi Berdiyev.

Kiritildi: 21:34, 01.12.2023.
O'qildi: 1554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик