Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

O‘qing, qiziq! "Lids"ning sobiq xo‘jayini klub ofisidagi divanni almashtirish jarayonida bosh murabbiyni iste’foga chiqarib yuborgan

O‘qing, qiziq! "Lids"ning sobiq xo‘jayini klub ofisidagi divanni almashtirish jarayonida bosh murabbiyni iste’foga chiqarib yuborgan

Baho:
+ | -

"Lids"ning sobiq xo‘jayini, italiyalik Massimo Chellino 2014 yilning yanvarida ingliz klubiga qo‘shilganidan keyin qanday qilib tasodifan murabbiyni ishdan bo‘shatganini aytib berdi.

Chellino hozirda Italiyaning "Breshia" klubiga egalik qiladi va murabbiylarni tez-tez almashtirib turishi bilan mashhur. U shuningdek, juda xurofotli va tug‘ilgan sanasida 17 raqami borligi sababli o‘yinchini rad etishga tayyor, shuningdek, binafsha rangga dosh berolmaydi.

"Lids"ga kelganimda, men butunlay sarosimaga tushdim. Mening ingliz tilim juda yomon edi. Mening talaffuzim dahshatli edi. Borganimda klub ofisida binafsha rangli baxmal divan bor edi. Men: "Bu la’nati divanni almashtiring, men uni boshqa ko‘rishni xohlamayman", dedim. Va ular o‘sha murabbiyni ishdan bo‘shatishdi!" - dedi Chellino Daily Mail bergan intervyusida.

Angliyalik Brayan Makdermottning omadi chopmadi, bosh murabbiy yangi xo‘jayin kelganidan keyin "Lids"ni tark etdi.

"Ular mendan: "Ertaga jamoani kim boshqaradi?" Men: “Nima demoqchisiz? Bizda murabbiy yo‘qmi? Ular: "Siz uni ishdan bo‘shatgansiz", deyishdi. "Men menejerni ishdan bo‘shatganmanmi? Jin o‘rsin!" - deb eslaydi Chellino.

Italiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng "Lids"ning ikki ming muxlisi klub ofisiga u bilan gaplashib olish uchun kelgan, shunda uni polisiya mashinasida olib ketishgan.

Chellino 2014 yildan 2017 yilgacha "Lids"ga egalik qilgan.

Kiritildi: 15:58, 02.12.2023.
O'qildi: 2086 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик