"Manchester Yunayted" Nyukaslga ucha olmadi.
Manchester Evening News nashri xabariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 11:00ga belgilangan reys noqulay ob-havo va texnik nosozliklar tufayli bekor qilingan.
Endi "Manchester Yunayted" Nyukaslgacha avtobusda 3 soat yo‘l bosib o‘tishi kerak bo‘ladi. O‘yin bugun Toshkent vaqti bilan 01:00da (mahalliy vaqt bilan 20:00da) bo‘lib o‘tadi.